Vadim Petrovich Kucherov — sovet, oʻzbek va rus aviakonstruktori, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1996-2006). Texnika fanlari doktori, professor, ilmiy nashrlar muallifi.

Tarjimai hol Kucherov Vadim Petrovich 1941-yil 7-sentabrda Sverdlovsk viloyati, Aramil shahrida uchuvchi-aviainstruktor oilasida tugʻilgan.

U 1966-yilda Kuybishev aviasiya institutini muhandis-mexanik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.

Kucherov V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi (ChnTAICHB) uchuvchi-sinov stansiyasida ishlagan.

Oradaqn biroz vaqt oʻtib, Vladimir Petrovich 1970-yildan Il-76 yigʻish syexining boshligʻi. Keyinchalik - parvoz sinov stansiyasining boshligʻi, An-124, An-225 va An-70 uchun qanotlarning ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish boshligʻI sifatida ishlagan. 1989-yildan Ishlab chiqarish boʻyicha bosh direktorning oʻrinbosari, 1993-yildan — ChnTAICHBning bosh muhandisi boʻlgan.

U 1996-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori. Il-114T ni yaratishda va Il-76 ni zamonaviylashtirishda(modernizasiya) ishtirok etgan.

2005-yilda uning rahbarligi ostida Volga-Dnepr aviakompaniyasi - Il-76TD-90VD tomonidan buyurtma asosida PS-90 dvigatelli Il-76 samolyotining modifikasiyasi ishlab chiqarildi.

2007-yildan buyon u Moskvada yashagan, bosh direktor oʻrinbosari - ishlab chiqarish boʻyicha direktor, “Ile”da Il-76 samolyotlarini ta’mirlash ishlarini boshqargan.

Texnika fanlari doktori 2013-yildan boshlab Bosh direktorning kadrlar va ma’muriy boshqaruv boʻyicha oʻrinbosari maslahatchisi, S.V.Ilyushin nomidagi Aviasiya majmuasi bosh direktorining maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Kucherov 2018-yil 14-sentabrda Moskvada vafot etdi. Keyin u Troyekurovskiy qabristoniga dafn etilgan.

Mukofot va unvonlar

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi (1996-yil 26-avgust) “Mehnat shuhrati” ordeni (2003-yil 21-may) Mehnat Qizil Bayroq ordeni “Faxriy aviaquruvchi” nishoni

Manbalar

Havolar

http://www.ilyushin.org/press/news/ev7099/ http://www.ilyushin.org/press/news/ev6189/?print=y

Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:14-sentabrda vafot etganlar Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:7-sentabrda tugʻilganlar