Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi aloqa muhandislari tayyorlovchi oliy harbiy oʻquv yurtlaridan biri.
Tarixi Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildiPrezident harbiy institut va harbiy qismga bordi.
Mutaxassisliklar Aloqa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik muhandisligi. Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxsus aloqa taktik qoʻmondonlik muhandisligi. Radioelektron razvedka va kurash taktik qoʻmondonlik muhandisligi. DXX chegara qoʻshinlari va intellektual tizimlar taktik qoʻmondonlik muhandisligi. Havo hujmidan mudofaa radiotexnika qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik muhandisligi. Havo hujmidan mudofaa zenit raketa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik muhandisligi. Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring taktik qoʻmondonlik muhandisligi. Tarmoq va axborot tizimlari xavfsizligi taktik qoʻmondonlik muhandisligi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar Turkum:Oʻzbekiston harbiy bilim yurtlari