Sitkom (vaziyatli komediya yoki vaziyatli kulgu soʻzlarining qisqartmasi) — bu radio va televideniye uchun yaratiladigan, uy, ish joyi yoki jamoa kabi barqaror muhitda kulgili vaziyatlarni boshdan kechiradigan qayta-qayta uchraydigan qahramonlar tarkibiga eʼtibor qaratadigan janrdagi komediyadir. Skech-komediyada har bir skechda turli qahramonlar va vaziyatlar namoyish etilsa, sitkomlarda aksincha, qismlar bir-biri bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, birinchi qismda qahramonlar orasida qandaydir muammo paydo boʻlsa, keyingi qismlarda shu voqea davom etishi yoki uning oqibatlari koʻrsatilishi mumkin. Shu orqali qahramonlar asta-sekin rivojlanadi, ularning munosabatlari oʻzgaradi va tomoshabin ularga koʻproq qiziqib, bogʻlanib boradi.
Tarixi
Sitkomning tuzilishi va gʻoyasi farс hamda xulq-atvor komediyasi kabi komedik teatrning avvalgi shakllariga borib taqaladi. Bu janrlarda kulgi yaratish uchun takrorlanib turadigan hazil va vaziyatlardan foydalanilgan. Keyinchalik radio va televideniye ushbu usullarni oʻziga moslashtirib, yangi shaklda qoʻllay boshladi va natijada sitkom tushunchasi paydo boʻldi. Biroq „sitkom“ atamasi 1950-yillargacha keng qoʻllanmagan .
Dastlabki televideniye sitkomlari koʻpincha jonli studiya tomoshabinlari oldida koʻplab kamera bilan suratga olish uslubida olingan boʻlib, bu uslub zamonaviy ishlanmalarda ham davom etmoqda, masalan, The Big Bang Theory va Fuller House shular jumlasidandir. Boshqa formatlarda esa kulgi treki yoki oldindan yozib olingan tomoshabinlar kulgisidan foydalaniladi. Biroq bunday usuldan foydalanish keyinchalik ancha kamaygan. 2016-yilda AQSh televideniyesida namoyish etilgan seriallardan faqat The Great Indoors, Kevin Can Wait va Man with a Planda kulgi treki ishlatilgan.
1990-yillardan boshlab sitkomlar animatsion sitkomlargacha kengaydi va bu janrning muvaffaqiyatli namunalari qatoriga The Simpsons, King of the Hill va Family Guy kiradi.
Tahlilchilar, ayniqsa 21-asr boshiga kelib yaratilgan mahsulotlarga nisbatan, sitkomning aniq taʼrifini muhokama qilib kelishmoqda. Koʻplab zamonaviy amerika sitkomlari yakka kamerada suratga olish uslubidan foydalanadi va kulgi trekidan foydalanmaydi, natijada ular koʻproq hujjatli filmlar yoki 1980–1990-yillarning komediya-dramalariga oʻxshab ketadi„The Evolution Of The Sitcom: The Age of the Single Camera“ . New York Film Academy, September 24, 2014..
Manbalar
Adabiyotlar Asplin, Richard (2004). Gagged (A Thriller with Jokes). Arrow books. . A contemporary comic thriller set in London and Los Angeles that covers the financing, production, creation, ratings, and marketing of a modern American network half-hour situation comedy.
Lewisohn, Mark (2003) Radio Times' Guide to TV Comedy. 2nd Ed. Revised – BBC Consumer Publishing. , Provides details of every comedy show ever seen on British television, including imports.
Padva, Gilad (2005). "Desired Bodies and Queer Masculinities in Three Popular TV Sitcoms". In Lorek-Jezinska, Edyta and Wieckowska, Katarzyna (Eds.), Corporeal Inscriptions: Representations of the Body in Cultural and Homosexual Literature (pp. 127–138). Torun, Poland: Nicholas Copernicus University Press. .
Starman, Ray (2014). The Sitcom Class Wars: 20th Century. Troy, NY: The Troy Bookmakers. History and analysis of 60 classic American sitcoms. Also includes a glossary for easy access. Photos for every program.
Havolalar Sitcoms Online Situation Comedy Bibliography (via UC Berkeley)—mostly US programs Sitcoms Online British Comedy Guide (archived 4 April 2005)
Turkum:Sitkomlar Turkum:Telejanrlar