Usmon III (1699-yil 2-yanvar, Adirna — 1757-yil 30-oktyabr, Istanbul) — Usmoniylar imperiyasining yigirma beshinchi sultoni, 1754-yildan 1757-yilgacha hukmronlik qilgan.

Sulton Mustafo va Shahsuvar Sultonning oʻgʻli Usmon, akasi Mahmuddan keyin taxtga oʻtirdi. Usmon 50 yildan ortiq shahzoda maqomida boʻlgan va 55 yoshida taxtga oʻtirdi. Usmoniylar imperiyasi tarixida eng uzoq vaqt shahzoda maqomida qolgan shaxs hisoblanadi. Umrining katta qismi saroy qafasida oʻtdi. Uning taxtga oʻtirishdan oldingi hayoti haqida manbalarda maʼlumotlar juda kam.

Usmon III hissiyotga beriluvchan va qatʼiyatsiz odam hisoblangan. Bu sulton davrida yetti marta bosh vazir almashtirildi. Bu chora, ehtimol, avvalgi sulton davrida sodir boʻlgan bosh vazir lavozimning nufuzini kamaytirishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Bu sohadagi muhim voqea 1756-yilda Koja Mehmed Ragʻip Poshoning bosh vazirlikka tayinlanishi edi. Ragʻip Posho olti yil bu lavozimda ishlagan va Usmoniylar davlatining eng mashhur bosh vazirlaridan biriga aylangan.

Usmon III hukmronligi Mahmud I davrida Belgrad tinchlik kelishuvining yakunlanishi bilan boshlangan tinchlik davriga toʻgʻri keldi. Harbiy sohada Sulton faqat mamlakatning chegara viloyatlarida bir qator qoʻzgʻolonlardan xavotirda edi, ammo ular osongina bostirildi. Usmonning uch yillik hukmronligida ikkita eng muhim voqeasi Istanbul shahri Haliç tumanining muzlashi va Istanbulning uchdan ikki qismini vayron qilgan bir qator yongʻinlar edi. Sulton ayollar kiyinishiga cheklovlar kiritdi va uning ijrosini qatʼiyat bilan amalga oshirdi, bu esa poytaxt aholisining noroziligiga sabab boʻldi.

Usmon III hukmronligi davrida Nuruosmaniye masjidining 1756-yilda qurib bitkazilgani muhim voqea boʻldi. Chibalidagi yongʻindan keyin Usmon katta qurilish dasturini amalga oshirishni buyurdi, buning natijasida Axirkapi mayoqchasi, Nuruosmaniye masjididagi favvora, Topkapi saroyidagi Usmon III koʻshki va boshqa koʻplab inshootlar qurildi.

Usmon III bir necha xotinli boʻlishiga qaramay, oʻzidan keyin avlod qoldirmagan. Uning oʻrnini amakivachchasi Mustafo III egalladi

Biografiyasi Shahzoda thumb|Sulton Mustafo II, Usmonning otasi Usmon Adirna saroyida tugʻilgan. Onasi Shahsuvar Sulton, asli serb (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, rus) edi. Umumiy qabul qilingan versiyaga koʻra, Usmon 1699-yil 2-yanvarda tugʻilgan, ammo Islom ensiklopediyasida boshqa sana — koʻrsatilgan. Usmonning 20 dan ortiq aka-uka va opa-singillari boʻlgan, ammo ularning birortasi boʻlajak sulton bilan bir onadan boʻlgani haqida maʼlumot yoʻq. Usmonning dastlabki yillari ham uning katta akasi Mahmud I kabi Adirnada oʻtgan.

1703-yilda Usmonning otasi Edirne voqeasi natijasida Ahmad foydasiga taxtdan toʻliq voz kechdi, saroy qafasiga qamaldi va bir necha oydan soʻng vafot etdi. Toʻrt yoshli Usmonni onasidan ajratib olishdi, Eski saroyga joʻnatishdi, keyinroq saroy qafasiga olib ketishdi. Usmon va boshqa shahzodalarning yashirin sunnat toʻy marosimi boʻlib oʻtdi. 1712-yil dekabrda Usmon hukmdor amakisi bilan Adirnaga kelgan shahzodalar orasida edi. Hukmdorning shahardagi va shahar tashqarisidagi sayohatlarida tez-tez qatnashgan.

1730-yil 1-oktyabrdagi Homiy Halil qoʻzgʻoloni natijasida, oʻgay ukasi Mahmud taxtga oʻtirishi bilan Usmonning oʻzi suloladagi eng keksa odamga va vorislik tamoyiliga koʻra, taxt vorisiga aylandi.

Boʻlajak sultonning 55 yil davom etgan shahzoda maqomida boʻlgan davridagi shaxsiy hayoti haqida deyarli hech qanday maʼlumot yoʻq. Faqat „peshtahta“ deb nomlangan tortmali kichik yozuv stendlarini yasash bilan shugʻullangani va quyi amaldorlar, bir nechta xizmatkorlar bilan aloqada boʻlgani keltiriladi.

Hukmdor thumb|Jon Yang tomonidan tayyorlangan Usmon III portreti, 1815-yil Mahmud I vafotidan soʻng, 55 yoshli Usmon taxtga oʻtirdi. Usmoniyar tarixida shahzoda sifatida qafaslarda eng uzoq vaqt qolgan sulton, shunga mos ravishda taxtga oʻtirish payti eng katta yoshda boʻlgan sulton boʻldi. Yangi sulton oʻz nomini vaʼzlarda „Sultanu’l-barrayn vaʼl-bahrayn“ (yerlar va dengizlar hukmdori) soʻzlari qoʻshib oʻqilishini buyurdi. Usmon III taxtga oʻtirganining 6-kuni, 19-dekabr sanasida onasi Shahsuvar Eski Saroydan Toʻpqopi saroyiga olib kelindi va Volida Sulton deb eʼlon qilindi. kuni Sulton Ayyub qabri oldida unga bay’at berish marosimi boʻldi. Gʻazna mablagʻlaridan yigʻilgan 2394 hamyon oltin devonning sobiq va amaldagi xodimlariga tarqatildi. Sultonni taxtga oʻtirganligi haqida eʼlon qilish uchun zarur boʻlgan barcha marosimlar yakunida Polsha, Rossiya va Avstriyaga elchilar yuborildi.

Hukmronligining ikkinchi yilida, kuni Usmonning onasi, oʻziga xos taqvodorligi bilan ajralib turgan Shahsuvar vafot etdi. Uning ortidan, Hukmdorning merosxoʻri, marhum Sulton Ahmadning oʻgʻli Shahzoda Mehmed 42 yoshida kasallikdan vafot etdi. Manbalarga koʻra, bosh vazir va Shayxulislom tomonidan tashkillashtirilgan dafn marosimiga besh ming kishi tashrif buyurgan. Biroq, koʻp oʻtmay, Sehzoda Mehmed Koʻse Mustafo tomonidan zaharlangani haqida mish-mishlar tarqaldi. Islom ensiklopediyasida Usmon III haqidagi maqola muallifi Fikret Sarıcaogʻlu baʼzi fikrlarni yozgan. Chorlulu davlatda eng yuqori lavozimni egallab turgani va sulolaning kuyovi boʻlganining oʻzi uning aybsizligini koʻrsatgan.

Usmon III davrida muhim siyosiy voqealar sodir boʻlmadi. 1739-yilda Belgrad tinchlik shartnomasi bilan boshlangan tinchlik davri davom etdi. Mamlakatning chegara viloyatlarida bostirilgan bir qator qoʻzgʻolonlar saltanatning zaifligini koʻrsatdi.

Ichki siyosat Usmon III Anadolu va Rumeliyada jinoyatlarni kamaytirishga harakat qildi. Farmoni bilan Eronda tartibsizliklar uyushtirgani uchun armanlarga, va Jihanbeyli qabilalariga qarshi qurolli otryadlar yuborildi. Erzurum va Sivas atrofidagi qaroqchilarga qarshi baʼzi choralar koʻrildi, mashhur qabilasidan boʻlgan Hoji Mustafo ogʻa qoʻlga olindi va qatl qilindi. Manbalar Usmonni ziyorat yoʻlidagi talonchilik va davlat mablagʻlardagi korrupsiyani qatʼiy choralar bilan bartaraf etishga harakat qilganini tasdiqlashgan. Makka va Madinaga yoʻnalishdagi ziyoratchilar xavfsizligi Hukmdor huzuridagi maxsus maslahat kengashining asosiy kun tartibiga chiqdi.

Oldingi sultonlar davrida xalqqa eʼlon qilingan farmonlar Usmon III davrida ham amalda boʻlgan, ammo yangilari ham qabul qilingan. Usmon davridagi asosiy taqiq Rumeli va Anadoludan Istanbulga koʻchirishni taqiqlash edi. Istanbulda ishlaganlar oilasi bir yoki ikki kishidan oshmasligi sharti bilan poytaxtga koʻchib oʻtishiga ruxsat berildi. Ayollarga nisbatan ham taqiqlar kiritildi. Yosh ayollar urf boʻlgan kiyim-kechak () kiyishlari, behuda bozorga borishlari, sayllarda omma oldida koʻrinishlari mumkin emas edi. Oʻzboshimchalik bilan qabul qilgan hashamat toʻgʻrisidagi qonunlarini qatʼiy amalga oshira boshladi. Masalan, kumush taqinchoqlarni vazirlardan boshqa hech kim otga taqishi mumkin emas, musulmon boʻlmaganlar oʻz eʼtiqodlariga mos kiyimlarini kiyishlari, ot yoki qayiq minishlari uchun maxsus ruxsat olishlari shart deb belgilandi. Ulamo Hakim Mehmed afandining yozishicha, „Hukmdor bu taqiqlarga amal qilmagan bir qancha musulmon boʻlmaganlarni osib oʻldirishga hukm qilgan“. Hech qanday rasmiy taqiq boʻlmasa-da, bozorda tamaki chekkani uchun odamlar jazolangani maʼlum. Oʻsha davr manbalari bu taqiqlarning barchasi unchalik samarali boʻlmaganligini va ularga rioya qilish deyarli imkonsiz boʻlganini koʻrsatadi.

Davlat boshqaruvidagi islohotlari YiliUsmon III davridagi bosh vazirlar1754Chorlulu Kose Bahir Mustafo Posho (1-marta)1755Hekimoglu Ali Posho1755Noili Abdulloh Posho17551755Yirmisekizzade Mehmed Said Posho1756Chorlulu Köse Bahir Mustafo Posho (2-marta)1757Koja Mehmed Ragip Posho YilUsmon III davridagi shayxulislomlar175517551755 (1-marta)17561757Damadzade Feyzullah Efendi (2-marta) Usmonning birinchi davlat qarori uning buyrugʻini qiladigan amaldorlarni tanlash edi. Qisqa vaqt oraligʻida yuqori martabali davlat amaldorlari saflarida, vazirlik lavozimlarida amalga oshirgan oʻzgarishlari — avvalgi hukmdor davrida sodir boʻlgan bosh vazir lavozimning taʼsirini kamaytirishga urinish sifatida baholandi.

kuni shayxulislom lavozimiga , kuni bosh vazir lavozimiga Hekimoğlu Ali posho tayinlandi. yongʻin tufayli Ali posho lavozimidan boʻshatilgan. Qiz minorasida bir kun hibsda oʻtirib, Volida Sultonning yordami bilan oʻlim jazosidan qutulib qolgan va Famagustaga surgun qilingan. bosh vazir lavozimiga tayinlandi, 8-iyun kuni esa yangi shayxulislom — tayinlandi.

bosh vazir lavozimida 63 kun — ishladi va qatl qilindi. Uning oʻrniga tayinlandi va sanasida lavozimni tark etdi. Bu lavozimga yangi tayinlangan Halabdan chaqirilgan va sanasida bosh vazir muhrini olgan. U saltanat tarixidagi eng mashhur vazirlardan biriga aylandi va Usmon III davridagi oxirgi bosh vazir boʻldi. Bosh vazirlar bilan bir vaqtda shayxulislomlar ham almashgan.

Shunday qilib, Usmon III hukmronligining uch yilida oltita yangi vazir, toʻrtta shayxulislom va bir admiral almashdi. Bosh vazirlarini ishdan boʻshatish sabablari sifatida korrupsiya ayblovlari, yolgʻon hisobotlar, yongʻin va jamoatchilik shikoyatlari keltirildi. Bu tayinlashlarning tashabbuskori Ebu Kufa (Ebyulvukuf Ahmad Agu) ismli shaxs boʻlib, Sulton uni qafasda oʻtgan kunlaridan yaxshi bilardi. Usmon III sulton boʻlgach, Ebu Kufani Misrdan olib keldi. kuni Ebu Kufa Sulton haramidagi eng muhim lavozimga tayinlandi. Tarixchi Shemdanizoda Findiklili Sulaymon afandi tez-tez kiritilgan oʻzgarishlarni Sultonning gʻalati xarakteri va tushunarsiz kayfiyati bilan bogʻlaydi.

Usmon III hukmronligi davrida Moldova va Valaxiya vassal knyazliklari hukmdorlari lavozimlarida ham oʻzgarishlar yuz berdi: Moldaviyada Matej Gika (1753—1756), Konstantin Rakovita (1756—1757) tayinlangan. Valaxiyada Konstantin Mavrocordat (1756—1758) va Matejning akasi Skarlat Gika (1757—1758) tayinlangan. Qrim xonligida Arslan Giray oʻrniga Halim Giray tayinlandi. Usmoniylar Jazoirida 1756-yilda qoʻzgʻolon paytida oʻldirilgan Muhammad posho IV oʻrniga Baba Ali posho II tayinlandi.

Iqtisodiyot va tabiiy ofatlar thumb|Usmon III davridagi Usmonli tangasi Asr boshidan beri saqlanib qolgan byudjet profitsiti bilan bogʻliq vaziyat Sulton Usmon III hukmronligi davrida ham oʻzgarmadi. Shu bilan birga, 33% ni tashkil etgan kapikullar (Sultonning shaxsiy qoʻriqchisi) xarajatlarining ulushi ham saqlanib qoldi.

Bu davrda zarb qilingan oltin tangalarda „Islombol“ va „yangi oltin“ () nomlari saqlanib qolgan, tanganing toʻliq nomi „yangi oltin islambol“ () deyilgan. Bu tangalar tarixi 1696-yilda boshlangan edi. Oʻshanda pul inqirozini bostirishning iloji boʻlmagan, Istanbulda zarb qilingan oltin va boshqa tangalar qadrsizlangan. Aholi oʻrtasida eʼtirofga sazovor boʻlgan Venetsiya oltinidan zarb qilingan yangi tangalar chiqarilgan. Bunday tanganing ogʻirligi 110 dirhamga teng edi. Tanganing cheti zanjir bilan qirralangan, chetida qadimgi slavyan uslubidagi yozuvlar bitilgan, yaltiroq oʻzaning bir tomonida Sultonning tugʻrasi, ikkinchi tomonida esa „duribe fî İslâmbol“ yozuvi bor edi. 1696-yilda zarb qilingan, har biri 3 kurushdan baholangan oltinning qolgan oltinlardan ajratib koʻrsatish uchun boshqacha nom oldi.

maxsus farmoni bilan bosmaxonasi faoliyatiga ruxsatnoma muddati uzaytirildi.