Fayzulla Maqsudjonovich Mullajonov (Файзулла Максуджонович Муллажонов; 02.01.1950 — 23.05.2017) — o'zbek iqtisodchisi va davlat arbobi. 1991—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruv raisi boʻlganMarkaziy bank axboroti.

Biografiyasi 1950-yili Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.

1971-yili Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini davlat banki Sirdaryo viloyati boʻlimida kredit nazoratchisi vazifasidan boshladi. Keyinchalik ushbu viloyatda bank sohasida turli masʼul lavozimlarda xizmat qilgan.

1991—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi lavozimida ishlagan.

Oilasi Oʻgʻli — Abdumajid, Toshkent shahri Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, keyinchalik shu tuman hokimi boʻlgan. 2021-yil 19-iyulda vafot etgan.

Oʻgʻli — Abduqahhor Mullajonov, Navoiy viloyati prokurori. Vafoti

Mullajonov 2017-yil 23-may kunining ikkinchi yarmida 67 yoshida xastaligi tufayli vafot etdi. U Toshkent shahrida joylashgan Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari