Laylo Galiyeva oʻzbek qoʻshiqchisi, musiqachi va qoʻshiqlar muallifi. 1978-yilning 28-iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan.
Ijodiy faoliyati Laylo 1996-yilda Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasiga oʻqishga kiradi.
Laylo „Nihol“ mukofoti sovrindori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Laylo 1998-yil 1-mart kuni Kamilla va Feruza bilan hamkorlikda „Setora“ guruhini tashkil qiladi. Xonanda faoliyat yuritgan „Setora“ triosi qoʻshiqlarini, musiqa shinavandalari xanuzgacha miriqib tinglashadi. Layloning guruh tarkibida ijro etgan „Sen borsan“, „Ohim“, „Ajdodlar ruhi“, „Eshitmaydi“, „Xayr maktabim“, „Oʻzbegim“ va boshqa koʻplab qoʻshiqlari nafaqat Oʻzbekistonda, balki qoʻshni davlarlarda ham xitga aylangan. Guruhning Sevara Nazarxon bilan kuylagan „Dugona“ nomli qoʻshigʻi ham juda mashhur.
Guruh „Ohim“, „Sen borsan“, „Qora“, „Bibixonim“, „Это жизнь“, „Ты далеко“, „Ты потерял“, „Новый год“, „Bu hayot“, „Xayr endi“, „Hayotim“ kabi albomlarni yaratgan. „Setora“ guruhi Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida, shuningdek chet el davlatlarida gastrollar uyushtirgan. 2006-yilda „Setora“ ovoz yozish studiyasi bilan shartnomani bekor qiladi va guruhning nomi „Seʼtanho“ga oʻzgaradi.
Havolalar Laylo Galiyevaning Twitter sahifasi
Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar