Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti  – Oʻzbekistonning eng yirik va eng gavjum aeroporti. Markaziy Osiyoda ikkinchi eng gavjum (Olmaota xalqaro aeroportidan keyin) hamda post sovet mamlakatlar aeroportlari orasida sakkizinchi eng gavjum aeroportdir. Toshkent markazidan 12 km masofada joylashgan. 2017-yil 25-yanvardan Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataladi.

Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II-toifasiga ega hisoblanadi.

Tarixi

Aeroport tarixi XX asrning boshlariga borib taqaladi, 1924-yil birinchi marta havo kemasi bu aeroportdan uchirilgan, oʻsha paytda Toshkent – Pishpek – Olmaota yoʻnalishi boʻylab yoʻlovchilar oʻz manzillariga olib borilgan. Keyinchalik shu yilning oʻzida havo kemalari tomonidan 1000 ga yaqin yoʻlovchilar tashilgan va 200 kilogramm pochta va yana besh tonnaga yaqin yuk tashilgan. Oʻsha vaqtdan beri kompaniya tomonidan juda koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirilgan, yangi havo kemalari va boshqa asbob uskunalar sotib olingan. 2017-yil 25-yanvar kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi berildi.

Qulaylik va oʻzgarishlar

Bugungi kunda bu aeroport Oʻrta Osiyodagi eng katta va zamonaviy aeroportlardan biri hisoblanadi, koʻplab havo kemalariga va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan servis xizmatlari va boshqa koʻplab xizmatlar uning tarkibidan joy olgan. Aeroportning yaxshi va qulay joylashganligi tufayli Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Amerika va dunyoning boshqa joylariga amalga oshiriladigan parvozlar uchun qulayliklar yaratadi, chunki bu ularning havo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan. Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha bu aeroport katta yutuqlarga ega boʻlgan shu miqyosda unda katta oʻzgarishlar amalga oshirilgan masalan: aerovokzal binosining yangidan jihozlanganligi va uchish-qoʻnish maydonining qayta taʼmirlanganligi, yangi zamonaviy chiroq-signal uskunalarining oʻrnatilganligi bilan izohlash mumkin. Aeroportning umumiy maydoni 100 gektardan iborat boʻlib unda 110 havo kemalari uchun turish oʻrinlari mavjud va ikkita Janubiy va Shimoliy uchish-qoʻnish maydoniga ega. Toshkent xalqaro aeroporti koʻplab havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatadigan mashinalarga – Mulag Coment va Nissan kichik tyagachlari, Hunnert Gmbh suv quygichlari, Mitcubisi-rosa yoʻlovchi avtobuslari, Alfons Cak yonilgʻi quygichlari va yana shunga oʻxshash koʻplab texnikalarga ega. Aerovokzal binosining zamonaviy yangi jihozlar bilan taʼminlanganligi yoʻlovchilarga katta qulayliklar yaratadi, binoda 56 ta kristalli monitor oʻrnatilgan boʻlib ular orqali yoʻlovchilar kerakli maʼlumotlar bilan tanishib boradi. Yoʻlovchilarga qulaylik maqsadida aeroportda elektron chipta tizimi ishga qoʻyilgan. Toshkent-3 terminali Bu terminal orqali mahalliy yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi, bu bino yoʻlovchilarni soatiga 400 ta gacha qabul qilish qobilyatiga ega. Foydalanuvchilar uchun dorixona, kafe, doʻkon va telefon xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent-2 terminali Toshkent−2 terminali xalqaro reyslardagi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi, yoʻlovchilarning havo kemalariga chiqqunlarigacha boʻlgan vaqt davomida ular uchun qulay boʻlgan sharoit yaratilgan. Oʻzbekistonlik va xorijlik yoʻlovchilar kompaniya xizmatlaridan qulay ravishda foydalanishlari uchun binoda keng va yorugʻ kutish xonalari, doʻkonlar, tez ovqatlanish uchun kafe xizmat qilib turadi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Yoʻlovchi tashish

Yuk tashish

Statistika +Toshkent xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarJami yoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daXalqaro yoʻlovchilar soni va ulushiMahalliy yoʻlovchilar soni va ulushiParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar20236 800 000 20248 716 526 28,2% 69 356 Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 9 986 445 14,6%8 603 526 (86%)1 382 919 (14%) 79 958 15,3%

Xizmatlar Yuklarni saqlash Yuklarga ishlov berish Yuk egalariga xabar berish Yuklari maʼlumoti bilan tanishish

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1942-yil 14-dekabr kuni Chorjoʻydan (Turkmaniston SSR) Toshkentga parvoz qilgan Aeroflotning Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga tegishli ANT-20bis samolyoti Toshkent aeroportiga 50 dan 90 kilometrgacha masofa qolganda (turli manbalarda bu maʼlumot farqlanadi) samolyot toʻsatdan burun qismini pastga yoʻnaltirib, pastga qarab harakatlana boshlagan va soʻngra keskin burchak ostida (taxminan 80°) yerga urilgan va toʻliq vayron boʻlgan. Bortdagi 36 kishining hammasi halok boʻlgan. 1958-yil 23-dekabrda Aeroflotning 466-reysida Mineralnye Vodi – Ashxobod – Toshkent yoʻnalishida uchgan Il-14 samolyoti (bort raqami: 61663) shassi ochilishi signalizatsiyasining ishlamay qolishi natijasida halokatga uchradi. Natijada samolyot bortidagi 21 kishi halok boʻldi. 1962-yil 6-iyulda Aeroflot 40-reysida Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yoʻnalishida uchgan Il-14 samolyoti Toshkentdan 38 km uzoqlikda, Yangiyoʻl tumanida halokatga uchradi. Halokatning asosiy sababi – ASh-82T dvigatellarining silindr-porshen guruhi konstruksiyasining ishonchsizligi tufayli 2-raqamli silindr porsheni qizib ketishi va kuyishi natijasida oʻng dvigatelning ishdan chiqishi boʻlgan. 1972-yil 24-iyun kuni Aeroflot 5139-reysida Samarqand – Toshkent – Sverdlovsk – Leningrad yoʻnalishida uchayotgan Il-18 samolyotining (bort raqami: SSSR-75405) 4-dvigatelining gaz-havo yoʻliga qushlar kirib qolishi natijasida halokat roʻy bergan. Natijada 1 kishi vafot etgan, 22 kishi jarohatlangan. 1987-yil 16-yanvarda Aeroflot U-505 reysida Toshkent – Shahrisabz yoʻnalishida uchayotgan Yak-40 samolyoti (bort raqami: SSSR-87618) parvozga koʻtarilishidan koʻp oʻtmay qulab tushgan. Pochta-yuk reysi boʻlgan samolyot bortidagai 9 kishining hammasi halok boʻlgan. Falokatga Yak-40 samolyotining Il-76 samolyoti ortidan juda qisqa vaqtda koʻtarilishi va Il-76 dan hosil boʻlgan kuchli aylanma havo oqimiga (turbolentlik) tushib qolishi sabab boʻlgan. 2004-yil 13-yanvarda Oʻzbekiston havo yoʻllari 1154-reysida Termizdan uchib kelgan Yak-40 samolyoti 26R uchish-qoʻnish yoʻlagi oxiridan 260,5 metr uzoqlikda yerga qoʻndi, shundan soʻng u binolar ustiga quladi, natijada 37 kishi halok boʻldi. Halok boʻlganlar orasida BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Richard Konroy boʻlgan va Oʻzbekistonda 15-yanvar motam kuni deb eʼlon qilingan. 2006-yil 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston havo yoʻllari aviakompaniyasining An-2 samolyotida (bort raqami: UK-70152) oʻquv parvozida bortdagi barcha – 13 nafar oʻzbek askari va 2 nafar ekipaj aʼzosi halok boʻlgan. Samolyotning oʻzi yonib ketgan. 2023-yil aeroportda katta yongʻin kelib chiqdi va omborxona portladi.

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayti Toshkent xalqaro aeroporti Uzbekistan Airways veb-saytida NOAA/NWS current ob-havo kuzatuvlari ASN UTTT baxtsiz hodisalari tarixi

Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari Aeroport Aeroport Turkum:Sovet Ittifoqida qurilgan aeroportlar Turkum:Islom Karimov nomidagi obyektlar