Damat Rustam posho (turkcha: Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 1500—1561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I ning kuyovi.
Hayoti Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladiChristine Woodhead: Rüstem Pasha. In: Энциклопедия ислама.Ş. Altundağ, Ş. Turan İslâm AnsiklopedisiTopaloğlu, Aydın. Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi. Rüstem Paşa. Ammo baʼzi tarixchilar uniJoseph von Hammer-Purgstall. Geschichte des Osmanischen Reiches 10 volsIbrâhîm Peçevî. Maṭbaʿa-ʾi ʿĀmire Skradinalik xorvat deydilarJohn Van Antwerp Fine. When Ethnicity Did Not Matter in the Balkans. A Study of Identity in Pre-Nationalist Croatia, Dalmatia, and Slavonia in the Medieval and Early-Modern Periods. isbn=0-472-11414-X, shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi. 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi. . Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan.
Kinoda Turkiyaning “Hurram Sulton (teleserial)” serialida Rustam posho rolini Serhat Narbantǒğlu ijro etgan. Turkiyaning “Muhtasham yuz yil” serialida Rustam posho rolini Özan Güven ijro etgan.
Manbalar
Yana qarang Pargalı Ibrohim Posho
Turkum:Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlari Turkum:Usmoniylar davlati hukumati Turkum:Sulaymon I Turkum:Sulaymon I ning bosh vazirlari