TuxGuitar () — erkin va ochiq manbali tabulatura tahrirlovchi. Dastur yordamida tabulatura va partituralarni tahrir qilish hamda Guitar Pro (gp3, gp4 va gp5) fayllarni import va eksport qilish mumkin. Bundan tashqari, TuxGuitardan sodda MIDI tahrirlovchi sifatida ham foydalanish mumkin.
Dasturning 1.0 va undan keyingi relizlari MIDI fayllarni import va eksport qila oladi. TuxGuitarning tumori () Tux () dir. Bu pingvincha boshida Linux uchun tayyorlangan bir qancha oʻyin va dasturning ham tumoridir.
TuxGuitar Java dasturlash tilida yoziladi va GNU Lesser General Public License litsenziyasining 2.1 versiyasi boʻyicha chiqariladi. TuxGuitar 1.2 2009-yil chiqarilgan. Dasturning manba kodi 2015-yilgacha muntazam ravishda yangilanib kelgan boʻlsada, navbatdagi versiya (1.3.0 versiyasi)2016-yilning yanvarigacha chiqarilmadi.
Koʻrinishlari TuxGuitarda uchta koʻrinish () mavjud. Bu koʻrinishlar quyida berilgan: Nomi Muallifi Birinchi chiqishi Tavsifi 60px|alt=a grey and greyish blue layout for TuxGuitar Lavender Sascha v0.1 Sodda, lavanda rangidagi tema Blue serious Licnep v0.1 Moviy rangli jiddiyroq tema 60px|alt=A red-brown layout for TuxGuitar that is very rural in appearance due to the choice of colors ranging from red to shades of blue and green. Ersplus Ersplus v0.9 Asosiy tema TuxGuitarda yana alohida tayyorlangan koʻrinishlarni ham ishlatish mumkin. 1.0 versiyaning sukut boʻyicha tanlangan koʻrinishi Lavenderdir.
Ishlaydigan effektlar Nota effektlari Arvoh notalar Urgʻu berilgan notalar Garmonika Dinamika Forshlaglar Tremolo Qoʻshib ketish () Hammer-on va pull-offlar . (Dastur ularni farqlamaydi.) Portamento () Qator (dorojka) effektlari Bir necha qator Bir necha ovoz Qaytarishlar Alternativ yakunlar Qatordagi torlarning sonini oʻzgartirish va sozlash Qator nomlari Sheʼr Matn Akkordlar Belgilar
Ochish mumkin boʻlgan fayl formatlari Fayl formati Import qilish Eksport qilish TuxGuitar (.tg) Guitar Pro (.gtp) Guitar Pro 3 (.gp3) Guitar Pro 4 (.gp4) Guitar Pro 5 (.gp5) Guitar Pro 6 (.gpx) Power Tab (.ptb) Tabledit (.tef) GNU LilyPond (.ly) MIDI (.mid) ASCII tab (.txt)
Kutib olinishi 2014-yil mayda TuxGuitar CNET da 5 yulduzli shkalada 4 ballga ega edi. Shu paytda dasturning Softpediadagi reytingi besh balli shkalada 3.4 edi. Hozir TuxGuitar SourceForge saytida 5 balli shakalada 4.8 ballga ega. Software Review saytidagi tahrirchilar dasturning 1.0 versiyasiga 5 ball berishdi va uning „ishlatish juda oson interfeysini“ va „juda oliy funksiyalarini“ yuqori baholashdi.
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayt Fork project saytida
Turkum:Gitara uchun dasturlar Turkum:Nota tahrirlovchilar Turkum:Kross-platformali dasturlar