Toluka, TolukadeLerdo — Meksikaning markaziy qismidagi shahar, Toluka togʻ oraligʻi havzasida, 2680 m balandlikda joylashgan. Mexiko shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 665,6 ming kishi (2000). Transport yoʻlari tuguni. Tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, muzeylar bor. Kurort va turizm markazi. Shaharga indeyslarning qad. shahri oʻrnida asos solingan, 1520-yildan shahar maqomiga ega.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Toluka · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.