Tolyatti (1964-yilgacha Stavropol "Ставрополь") — Tolyatti (rus. Тольятти). Rossiya Federatsiyasi, Samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port shahar, temir yoʻl stansiyasi shahri hisoblanadi. Kuybishev suv omborining chap sohilida joylashgan. Aholisi 667.956 kishi (2024). Tolyattiga 1737-yili asos solingan. Volga.GES suv omboriga suv toʻldirilishi munosabati bilan (1950-yillar oʻrtalarida) shahar butunlay yangi joyga koʻchirildi . 1964-yilda shahar Palmiro Tolyatti (Пальмиро Тольятти) sharafiga "Tolyatti" nomi qoʻyildi ..

Sanoati Volga avtomobil zavodining qurilishi (1967—72) shahar taraqqiyotiga muhim taʼsir koʻrsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik ("AvtoVAZ" bosh korxonasi) yetakchi oʻrinda edi, transformatorlar ishlab chiqarildi, kema taʼmirlashmexanika zavodi faoliyat koʻrsata boshladi. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va boshqalar) rivojlangan. 2 ilmiy tadqiqot istituti, politexnika instituti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Manbalar

Havolalar Портал мэрии городского округа Тольятти Лица и организации, награждённые Почётной грамотой Думы городского округа Тольятти Тольятти в энциклопедии «Мой город»

Turkum:Rossiya shaharlari