Ohangaron suv ombori - Toshkent viloyatida, Ohangaron daryosi oʻzagida qurilgan gidrotexnika inshooti. 1989-yilda ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 260 mln. m³, toʻgʻonning maksimal balandligi 100 m, suv oʻtkazish imkoniyati 480 m³/sek. Ohangaron daryosi suvini mavsumiy tartibga soladi. Toshkent viloyatidagi Ohangaron, Oʻrta Chirchiq, Piskent va Boʻka tumanlaridagi yerlar sugʻoriladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Galereya
Manbalar
Turkum:Toshkent viloyati suv omborlari Turkum:Ohangaron (daryo)