Ohangaronsement aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistonda sement sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. 2006-yildan beri „Yevrosement grup“ xoldingi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi sanoat zonasida joylashgan.

Tarixi "Ohangaronsement "– qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yirik korxona. U „Oʻzqurilishmateriallari“ aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Turli navli va markali sement (yuqori sifatli portlandsement, shlakportlandsement), shifer, mineral tolalar, akustik plitalar, asbest quvurlar, oʻtga chidamli gʻisht va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona 1957-yil aprel oyidagi hukumat qarori bilan 1958-yildan „Ohangaron sement zavodi“ nomi bilan qurila boshlagan. Yillik quvvati 450 ming tonna boʻlgan 1-texnologik liniya 1961-yil oxirida ishga tushirildi. 1967-yilda 4-texnologik liniya ham ishga tushirildi va korxonaning sement boʻyicha ishlab chiqarish 1750 ming tonna sementga yetkazildi.

1963–1965-yillarda shifer ishlab chiqaradigan 6 ta texnologik liniya ishga tushirildi (yillik quvvati 170 mln. shartli taxta). 1970-yildan kombinat, 1980-yildan „Ohangaronsement“ ishlab chiqarish birlashmasi, 1994-yildan ochiq aksiyadorlik jamiyati deb nomlandi. 2000-yilda 750 ming tonna sement, 630 ming tonna klinker, 36 ming tonna mineral mahsulotlar ishlab chiqarildi. Korxona mahsulotlari xorijga eksport qilinadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Zamonaviy holati 2017-yilda aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 million 875 ming tonna sement ishlab chiqarildi

„Ohangaronsement“ AJ tarkibiga Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Qurilish materiallari va konstruksiyalari zavodi kiradi. Zavod 2006-yil avgust oyida tashkil etilgan boʻlib, loyiha quvvati qariyb 40 000 m³ temir-beton buyumlarni tashkil etdi. Zavodda keng assortimentda tayyor beton, ohak va temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqariladi.

2017-yilda korxonada yiliga 3,5 ming tonna oʻtga chidamli gʻisht ishlab chiqaruvchi yangi korxona ishga tushirildi.

2018-yilda „Ohangaronsement“ uchastkasida quruq usulda yiliga 3 million tonna quvvatga ega yangi sement zavodiga poydevor qoʻyildi.

„Ohangaronsement“ respublikadagi yirik sement ishlab chiqaruvchi zavodlardan biridir.

Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasining yigirmata yirik soliq toʻlovchilaridan biri hisoblanadi.

2020-yilda „AckermannCement“ kompaniyasi „Ohangaronsement“ni sotib oldi va shu tariqa 3-AckermannCement zavodiga aylandi.

Sanksiya 2023-yilning 12-aprelida Rossiyaning Ukrainaga bosqinida USM xolding va „Ohangaronsement“, Alisher Usmonovga aloqador AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sanksiyalariga uchragan kompaniyalar sifatida AQSh va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan edi.

Manbalar

Turkum:Ohangaron Turkum:Toshkent viloyati korxonalari Turkum:Oʻzbekiston shirkatlari