Jalil Mammadqulizoda (toʻliq ismi: Jalil Mammadquli oʻgʻli Mammadqulizoda; 10-fevral 1869 — 4-yanvar 1932) — ozarbayjon yozuvchisi, dramaturgi, jurnalisti va ijtimoiy xodimi. U ,,Molla Nasriddinʻʻ adabiy maktabi asoschisi va gʻoya rahbari hisoblanadi..
Jalil Mammadqulizoda, shuningdek, Ozarbayjonda va Sharqda ilk feminism, ayollar va erkaklarning teng huquqliligi ideologiyasining tamalini qo’ygan ijtimoiy xodim hisoblanadi"Azərbaycanda ilk feministlər kişilər olub". Azadliq.org. 2016-03-08 az.
Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Jalil Mammadqulizoda Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar ro’yxatiga kirgan .
Hayoti Jalil Mammadqulizoda 1869-yil 22-fevralda Naxchivonda kichik tadbirkor oilasida tug’ildi. Ba’zi manbalarda adibning tug’ilgan yili 1866-yil deb ham ko’rsatiladi. Lekin so’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Jalil Mammadqulizodaning 1869-yilda tug’ilganini isbotlagan. Adib bobosi tosh yo’nuvchi Mashadi Husaynquli Janubiy Ozarbayjonning Xoy shahridan bo’lib, so’ngra Naxchivonga ko’chgan. Otasi Mammadquli Mashadiy Husaynquli o’g’li (1840-1905) ibtidoiy saviyada savodi bor dindorlardan bo’lgan. U umrini faqirlikda o’tkazib, ilm-ma’rifatga rag’bat bildirgan.
Mashadi Mammadquli XIX asrning ikkinchi yarmida Naxchivon shahrida mahalliy mulkdorlardan bo’lgan Jonpo’latovlarning tuz omborlarida ishlagan, bu yerda tuz, o’t va somon sotgan, shu bilan birga oilasini boqish uchun Shahob mahallasidagi baqqol do’konini yurg’zigan. 1877-yildagi urush vaqti Naxchivon tuz ma’danlarining mashhur ijarachilaridan bo’lgan Janpo’latovlar Mashadi Mammadquliga pudrat tuz bergan. Bu bilan uning moddiy ahvoli biroz yaxshilangan.
Mashadi Mammadquli taxminan 1860-yilda o’z hamyurti polizchi Mashadi Boboning qizi Sora Boboyeva bilan turmush qurib, 4 o’g’il va 1 qizlik bo’lgan. M. Mammadqulining katta o’g’li Mirza Yusuf soatsoz edi, fors tilini mukammal bilardi. U o’smir vaqti vafot etgan. Kichik o’g’li Xalil ham juda erta – 1904-yilda vafot etdi. Mashadi Mammadquli faqat ikki o’g’li – Alakbar, Jalil va qizi Sakinani katta qilib, ularni tarbiyalay olgan.
Uning uchinchi o’g’li Mirza Alakbar (1872-1922) 1906-1911-yillarda Janubiy Ozarbayjondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchilaridan biri bo’lgan. U Sattorxonning yaqin quroldoshlaridan edi. Qizi Sakina esa 1900-yilda Mammadqulibey Kengerliga, so’ng esa uning qarindoshi Askar og’a Kengerliga turmushga chiqib, 1913-yilda vafot etgan. Uning Temur va Jalol nomli ikki o’g’li, Pokiza nomli bir qizi bo’lgan. Ular Mirza Jalil himoyasida katta bo’lgan. Adibning ota-onasi 1905-yil boshlarida Naxchivonda vafot etgan.
Ta’lim yillari
Jalil Mammadqulizoda 1873-1876-yillarda Nulla Ali Husaynzodaning, 1877-1879-yillarda Hoji Mulla Bag’irning maktabida o’qigan. U bu borada qayd etgan:
Adib arab va fors tillarini ham o’sha vaqt o’rgangan. Keyinchalik, Jalil 1879-yildan Naxchivon shahar uchsinfli maktabida ta’limini davom ettirgan. Bu maktabda darslar rus tilida dars olardi va ozarbayjon tilining ta’limiga juz’iy yer berilardi. U bu yerda uch yil o’qidi. Mirza Jalil dunyoqarashining rivojiga bu yerda o’tkazilgan dunyoviy fanlar, shuningdek, maktab mudiri, maorifchi Konstantin Nikitining (1832-1894)dunyoqarashlari uchun markazdan uzoqlashtirilib, Naxchivonda o’qituvchilikka jo’natilgan gruzin xalqchi-demokrat, geografiya o’qituvchisi Georgiy Uturgaurinning ona tili va shariat muallimi, teatr havaskori Mirza Sodiq Qulibeyovning (1823-?), Goriy O’qituvchilar Seminariyasining Ozarbayjon sho’basini besh yil o’rniga ikki yilda bitirib, tug’ilib o’sgan shaharga tayinlanadi va A.O. Chernyayevskiy vorisi bo’lgan Alimammad Xalilovning (1862-1896) ham muhim ta’siri bo’lgan.
Goriy O’qituvchilar Seminariyasi
Chor hukumati 1879-yilda Kavkazorti (Goriy) O’qituvchilar Seminariyasi qoshidagi Ozarbayjon sho’basining tashkil topishi haqida farmon berdi. Seminariya pansionli yopiq ta’lim o’chog’i bo’lib, qishloq maktablari uchun o’qituvchi tayyorlar edi. Seminariyaning Ozarbayjon sho’basi nazoratchisi A.O. Chernyayevskiy ilk yillarda Ozarbayjon rayonlarini aylanib, seminariyada o’qish uchun talabalar tanlar edi. U 1882-yilda Naxchivonga kelib, Jalil Mammadqulizodani ham boshqa o’quvchilar bilan birga ta’lim olishi uchun ro’yxatga olgan.
Jalilning bu maktabda o’qishi uchun yo’naltirilishida o’qituvchisi Alimammad Xalilovning alohida roli bor. Alimammad Xalilov J. Mammadqulizodaning seminariyaga qo’shilishi haqida Mashadi Mammadqulining nomidan jo’natilgan kallegrafik yozuv bilan yozilgan 1882-yil 21-iyundagi arizasini ham o’z xatti bilan ko’chirgan. Ushbu yili qabul imtihonlarini muvafaqqiyat bilan topshirgan Jalil seminariyaning quyi tayyorgarlik sinfida o’qiy boshlagan. Adib quyi va yuqori tayyorgarlik sinflarida, shuningdek, birinchi asosiy sinfda yaxshi o’qigan. Professor Aziz Sharif bu haqida qayd etgan:
Lekin asosiy sinflarda ta’lim olar ekan, uning baholari birdaniga tushib ketadi. Bunga sabab esa zolim rejim bo’lib, seminaristlarni ona tilida gapirishdan, atrof muhit bilan aloqa qilishidan mahrum etuvchi qoidalar mavjud edi. Jalil Mammadqulizoda seminariyani 1887-yilda tamomlaydi va o’qituvchilik attestatsiyasini olafi. Attestatda shunday deb qayd etilgan: (Gruziya SSR davlat xalq maorif muzeyi arxivi, Kavkazorti (Goriy) o’qituvchilar seminariyasi ishi, № 1565).
Adib dunyoqarashining, badiiy didi, ijodkorlik qobiliyatining shakllanishida 5 yil (1882-1887) o’qigan Kavkazorti o’qituvchilar seminariyasidagi ta’lim yillari muhim bosqichni amalga oshirgan. Jalil bu yerda Ozarbayjon va Sharq adabiyoti bilan birga Yevropa, rus ilmi, madaniyati va demokratik g’oyasi, rivojlangan pedagogic ta’limi bilan ham yaqindan tanishgan.
Seminariyada boshqa fanlar bilan birga tarjima darslariga ham alohida e’tibor qaratilardi. Bu yo’l bilan ham dunyo adabiyoti bilan asosli tanishish boshlanardi, ham tarjima seminaristlarda qalamga o’rganishni vujudga keltirardi. Adib seminariyada tarjima uchun Gogolning va Krilovning asarlarini tanlagan. Bu yerda u turli millatlardan bo’lgan A. O. Chernyayevskiy, D.D.Semyonov, N.N.Novospasskiy, N.O.Lomouri, shu jumladan, ozarbayjonlik muallimlar Mirza Abdulqosim Oxundzoda, Safaralibey Valibeyov kabi pedagoglardan dars olgan.
Yosh Jalil seminariyada tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, teatr tomoshalarida havaskor aktyor sifatida sahnaga chiqqan. Bundan tashqari adabiy kechalar uchun ssenariylar, sinov darslar uchun majmualar yozgan. Goriy seminariyasi Jalil Mammadqulizodaning ma’naviy olamida, dunyoqarashida, tabiat va jamiyat hodisalari tushunchasida asosiy burilish yaratgan.
Yakuniy imtihonlar tugagach, seminariya do’sti Ismoilbey Sharifbeyovning taklifi bilan Jalil Shushaga borgan. U bu yerda Xurshidbonu Notavon bilan va boshqa mahalliy ziyolilar bilan tanishgan.
Pedagogik faoliyati
Jalil Mammadqulizoda seminariyani tamomlab, attestatni olgach, pedagogic faoliyatini boshlagan. U 1887-1897-yillar orasida Irevan gubernatorligining Uluxonli, Naxchivon tumanining Bosh Norashen (hozirgi Sharur rayonidagi Jalilkent) va Nahram qishloqlarida o’qituvchilik qilgan.
Mirza Jalil 1887-yil avgustda Uluxonli qishlog’iga o’qituvchilikka tayinlangandi. Xususan, Kavkaz tadris doirasining mudiri Irevan va Yelizavetpol xalq maktablari mudiriga jo’natgan 7-avgust sanasidagi maktubida Uluxanli maktabi o’qituvchisi Mammadbey G’oziyevning ishdan bo’shatilganligini va uning o’rniga Jalil Mammadqulizodaning tayinlanganligini bildirdi. Yosh o’qituvchi 1887-yil 1-sentyabrdan Uluxonli posyolkasida 1-darajali maktabda pedagogic faoliyatini boshlagan. Bu vaqtda Uluxonlida aholining ilmga, maktabga qiziqishi yo’q edi. Maktabda jami 10-12 nafar o’quvchi o’qir edi.
Kavkazorti (Goriy) o’qituvchilar seminariyasida Mirza Jalilga dars bergan. Shuningdek, Naxchivon viloyatidagi Bosh Norashen ikki sinfli zemstvo maktabi direktori bo’lgan Alimammad Xalilov og’rib qolgani uchun muolajaga ketish zarurati oldida qolib, bir muddat pedagogic faoliyatiga tanaffus bergandi. Bu muddatda taftishchi U. Pasxalov rahbariyatga ana shunday ma’lumot bilan murojaat qilgan:
Shunday qilib, Pasxalovning bu murojaatiga musbat javob berilgan va 1887-yil 13-oktyabrda Jalil Mammadqulizoda vaqtincha Alimammad Xalilov o’rniga ushbu maktabga tayinlanadi. A. Xalilov tuzalib qaytgach ham Uluxonli maktabi nazoratchisi I.N. Navro’zov Mirza Jalil kabi muallimni yo’qotishni istamagan, shuning uchun ham Irevan xalq maktablarining taftishchiligiga jo’natgan 4-dekabrdagi raportida adibning Uluxonliga qaytishini so’ragan. Lekin Bosh Norashenning Naxchivonga yaqinligini va dars sharoitining ham nisbatan yaxshiligini nazarga olgan Jalil Mammadqulizoda 1888-yil 16-yanvarda Irevandan Ganjaga direktor Orlov nomiga mana bunday maktub yo’llagan:
Bosh Norashenning maktab nazoratchisi va muallimi Xalilov esa o’z telegrammasida shunday deb yozgan:
Bu telegrammadan so’ng Orlov taftishchi U. Pasxalga Jalil Mammadqulizodaning Bosh Norashenda qolishi haqida ma’lumot beradi. Jalil Mammadqulizoda Bosh Norashenda 1887-yildan 1890-yil 15-yanvargacha o’qituvchilik qilgan. Adib hali Bosh Norashenda ishlayotganida xalq maktablari mudiriga telegramma jo’natib, joy bo’shadi deguncha uni Naxchivon shahriga yaqinroq masofada joylashgan, sobiq seminariya do’sti Mirza Abulqosim Sultonov muallimlik qiluvchi Shohtaxti maktabiga o’qituvchilikka tayinlashini so’raydi. Lekin bir yildan ortiq vaqt o’tishiga qaramay, u musbat javob ola olmaydi.
Jalil Mammadqulizoda 1890-yil 15-yanvarda ota-onasi yashaydigan Naxchivon shahrining jami 5 verstligida bo’lgan ikki sinfli Nahram maktabiga tayinlanadi. Bo’lajak yozuvchi 1897-yil 10-iyulgacha, taxminan 7 yil shu yerda ishlaydi. Bu haqida Kavkaz tadris idorasining buyrug’ida qayd etilgan:
Jalil Mammadqulizoda bu yerda ham ta’lim-tarbiya ishlarining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratgan, maktabga sakkiz nafar ozarbayjonlik qiz jalb etib, maxsus sinf tuzadi va bu sinfda mashg’ulotlarni o’zi olib borgan. Adib bilan bir muddat birga ishlagan o’qituvchi T.S. Smbatyan bu haqida yozadi:
Lekin insonlarning ta’limga qiziqmasligi, muhit yaratgan qiyinchiliklar, ayni vaqtda adibning qishloqda qolmaslik, boshqa xalqlar hayoti va madaniyati bilan tanishish orzusi uni 1895-yil 26-mayda xalq maktablari taftishiga raport yozishga majbur qilgan. Raportda qayd etilgan:
Direktor bu raportni xalq maktablari taftishiga jo’natib, anchagina qiyinchilikdan so’ng taftishchi Jalil Mammadqulizodaning “Yevropa Rossiyaning turli joylariga borish uchun 10-iyundan 25-avgustgacha” ta’til bergan. Shunday qilib, yosh o’qituvchi 1895-yil yozda Peterburg va Moskvada bo’lgan, “Novoye vremya” gazetasining redaktori Suvorin bilan ko’rishib, arab alifbosini lotin alifbosi bilan alishtirish masalasini o’z gazetasida ko’tarib chiqishini undan iltimos qildi. Suvorin esa bu masalaning vaqti hali yetib kelmaganini bildirgan. Yozuvchining “Eshakning yo’qolishi” asarini radlov alifbosi bilan yozishi ham uning ko’hna alifboning o’zgartirilishiga ishonchini va tashabbusini ko’rsatgan.
Jalil Mammadqulizoda 1896-yilda Nahram maktabida tarix muzeyi yaratib, bu muzeyda Ozarbayjon tarixining turli davrlariga doir materiallarining to’planishiga erishgan. Shu bilan birga, ipakchilik kasbini o’rgatish uchun maxsus mashg’ulotlar tashkil etgan, qishloqliklarning og’ir ish sharoitini yengillashtirish uchun Tbilisidan temir omoch olib kelishni amalga oshirgan. U mahalliy havaskorlar bilan birga Naxchivonda teatr tomoshalari tashkil etgan. Bu bilan aslida xalqining ma’rifatlanishi, milliy uyg’onishi va madaniy taraqqiyoti uchun xizmat qilgan.
Ijodi