Liberets — Chexiya Respublikasidagi shahar, Nisa-Lujitska daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 104,8 ming kishi (2020). Toʻqimachilik sanoati (ip gazlama, jun va ipak gazlama ishlab chiqarish) markazlaridan. Mashinasozlik (toʻqimachilik sanoati mashinalari, elektrotexnika, avtomobilsozlik) va poligrafiya sanoati korxonalari bor. Liberetsda toʻqimachilik sanoati mahsulotlari yarmarkalari oʻtkaziladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
thumb|Liberec Town Hall va Neptune favvorasi thumb|220px|Liberets saroyi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti Liberets turistik portali Facebook sahifasi
Turkum:Chexiya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar