Kuressaare (1917-yil gacha Arensburg, 1952—88 yillarda Kingisepp) — Estoniyadagi shahar (1563-yildan), Saaremaa o.da, Roomassaare porti (Riga qoʻltigʻi sohilida)dan 5 km. Aholisi 17,0 ming kishi chamasida (1990-yillar boshlari). Balchiq bilan davolaydigan va iqlim kurorti. Goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati korxonalari, oʻlkashunoslik muzeyi bor. K. XII asrdan maʼlum. Orden qalʼasi (XIV—XV asrlar), ratoʻsha (XVII—XVIII asrlar), avliyo Nikolay klassik cherkovi (XVIII asr) saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar