Konvoy (gollandcha – konvooi) —
transport, harbiy asirlar, mahbuslar va boshqalarni qoʻriqlovchi harbiy boʻlinma, qism; harbiy transport va savdo kemalari otryadi hamda ularni dengizdan oʻtish chogʻida qoʻriqlab boruvchi jangovar kemalar. Ikkinchi jahon urushi davrida (1939—45) transport kemalarni koʻzatib borish maqsadida maxsus K’. kemalar yasalgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar