Kiaksar (yun. Kyaxares, eroniycha — Uvaxshatra) — Shim. Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil.av. 625/624 — 585/584). K. davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shim.dagi hukmronligiga barham bergan. Bobil bilan ittifoqsa Ossuriya davlatini yoʻq qilgan (616—605); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (590 — 585) Midiya hududiga qoʻshib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil.av. 585 y. sulh shartnomasi tuzgan. Oʻnga koʻra, Midiyaning gʻarbiy chegarasi Galis daryosi (hoz. Qizil Irmoq) boʻylab belgilangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Osiyo tarixi Turkum:Ozarbayjon tarixi Turkum:Mil. av. VII asr Turkum:Mil. av. VI asr