Kegeyli — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1978 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Nukus (41 km). Aholisi 13,0 ming kishini tashkil etadi (2000). Shaharcha hududidan Jilvonyop kanali oqib oʻtadi. Kegeylida hokimiyat binosi, 2 ta bank, madaniyat saroyi, markaziy kasalxona, maʼmuriy idoralar, 2 ta dehqon bozori, "Paraxat" xususiy korxonasi, maishiy xizmat uyi, avtokorxona va boshqa mavjud. Shaharchada 4 ta oʻrta maktab, kasb-hunar va oʻrta taʼlim litseylari, 2 ta madaniyat va istirohat bogʻi, "Doʻstlik" guzari "Tuyamoʻyin" suv saqlagichi bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Qoraqalpogʻiston shaharlari Turkum:Kegeyli tumani