Ituzumdoshlar () — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining tropik mintaqalarda, xususan, Janubiy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, baqlajon, qalampir, paqpaq va goji oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki, maxorka va boshqa ekinlar kiradi. Koʻpchilik ituzumdoshlar — belladonna, mehrigiyoh, skopoliya, mingdevona, bangidevona, fisoxlaina va boshqa tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilArmando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001.

Sistematikasi

Hozirgi kunda ushb oila o`z ichiga 7 ta turkumga bo`lingan 2700 turga ajratiladi: turkumi 11 turni o`z ichiga oladi: Benthamielleae Browallieae Cestreae Salpiglossideae Goetzeoideae turkumi 7 turni o`z ichiga oladi; Nicotianoideae turkumi 8 turni o`z ichiga oladi; Petunioideae turkumi 10 turni o`z ichiga oladi; Schizanthoideae turkumi 1 ta turni o`z ichiga oladi — Schizanthus; Schwenckioideae turkumi 3 turni o`z ichiga oladi; Solanoideae turkumi 56 turni o`z ichiga oladi: Capsiceae Datureae Hyoscyameae Juanulloeae Lycieae Physaleae Solaneae

Rasmlar Gullar

Mevalar

Qo`llanilishi Bu oila vakillarining koʻp qismi aholi tomoidan iste'mol qilinadi. Masalan, kartoshka (Solanum tuberosum), pomidor (Lycopersicum esculentum), ispan qalampiri (Capsicum annuum) va boshqalar O`zbekistonda ham ovqatlarga asosiy masalliq sifatida ishlatiladi. Shuningdek, tamaki o`simligi (Nicotiana) dan ham foydalaniladi.

Belladonna, mingdevona, bangidevona, skopoliya, mehrigiyoh va duboiziya kabi o`simliklarning tarkibida alkaloidlardan giotsiamin va atropin mavjud.

Manbalar

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar