Zarbdor tumani – Jizzax viloyatidagi tumandir. 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharqda Sirdaryo viloyati, gʻarbda Sharof Rashidov tumani, sharqda Yangiobod tumani, janubida Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 535.4 km. Aholisi 97200 kishi (2023–yil 1–oktabr holatiga). Xonadonlar soni – 15 370 ta, Oilalar soni – 21 119 tani tashkil etadi. Milliy tarkibi: o‘zbeklar (90,7%), qirg‘izlar (7,4%), ruslar (0,3%), tojiklar (0,2%), qozoqlar (0,2%) boshqa millat vakillari (0,5%). Bu tumanda 24 mahalla fuqarolari yigʻini va 4 ta shaharcha (Boʻston, Sharq Yulduzi, Fayzobod, Sirg'ali shaharchalari) bor. Markazi – Zarbdor shahri. Tuman iqtisodiyoti paxta-g‘allachilik, meva-sabzavot, chorvachilik, bog‘dorchilik, yengil sanoat sohalariga ixtisoslashgan. Zarbdor so‘zi «zarb» - arabcha kuch, quvvat, «dor» - egallash, o‘rnak bo‘lish. Zarbdor - ilg‘or boshqalarga har jihatdan o‘rnak bo‘ladigan shaxsga berilgan nisbat deb keltirilgan. Tuman markazi bo‘lgan hozirgi Zarbdor shahri 1962-yilgacha, 1897-yilgi Axaltaka ekspedisiyasining boshlig‘i general Lomakin nomi bilan Lomakino deb atalgan.
Tuman maydonining katta qismida ilgari aholi yashamagan cho‘l hududlariga to‘g‘ri keladi, XX asrning 70-80-yillari suv keltirilib, cho‘l o‘zlashtirildi, yangi aholi maskanlari barpo qilinib ularga rasmiy-ma’muriy tarzda xalqning dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq nomlar berildi. Tumanda etnonimlar asosida paydo bo‘lgan aholi punktlarining nomlari kam, bu holat tumanning geografik o‘rni bilan ham bog‘liq. Masalan, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida aholi qadimdan istiqomat qilganligi bois, etnonimlar qishloq nomlariga aylangan. Mahalliy xalq qabila va urug‘lar nomlarini unutgan bo‘lsalar ham, ammo toponimlar qaysi etnik guruh vakillari ushbu hududlarda yashaganliklaridan darak berib turadi. Ular o‘tmish tarixini o‘rganishda qo‘shimcha manba sifatida xizmat qiladi.
Tabiati Tuman hududi Mirzachoʻlning janubida joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, —6°, iyulniki 28—30°. Yiliga 300 – 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprogʻi boʻz, qoʻngʻir tuproq. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududida kanallari bor. Oqova shoʻr suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, ituzum, tol, jiyda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna yashaydi. Aholisi,asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirgʻiz, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km ga 89 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 37,9 ming kishi, shaharliklar 43,8 ming kishi.
Iqtisodiyoti Qishloq xoʻjaligida paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami qishloq xoʻjaligi yerlari 34,5 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga. Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qoʻyechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Tumanda 32 umumiy taʼlim maktabi (12,4 ming oʻquvchi), „Oqbuloq“ folklor etnografiya guruhi, 230 oʻrinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va b. yoʻnalishlar boʻyicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. „Zarbdor“ tuman gaz. 1000 nusxada nashr etiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Aholi tarkibi asosan musulmonlar. Shuningdek dehqonchilik asosiy òrin tutadi. Zarbdor sòzi (Ilģor va yetakchi)manolarini bildiradi. Tuman aholisi avval Zomin tumani tarkibida bòlgan.
Aholi punktlari ADIROBOD - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Adirobod mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Adirobod - Adir umumturkiy tabiiy geografik termin. Adir terminnning etimologiyasi haqida «ajralgan», «bo‘linib-bo‘linib ketgan ma’nosidagi ayir» so‘zidan kelib chiqqan degan fikr mavjud. O‘rta Osiyoning barcha davlatlarda, Janubiy Sibirda joy nomlari tarkibida keng tarqalgan termin. O‘zbekistonda adirlar – tog‘ etagidagi cho‘l va chalacho‘l qirlar, mutoq balandligi 400-500 dan 1000-1500 metrgacha bo‘lgan balandliklarni tashkil etadi. Xo‘jalikda adirlardan bahorgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yog‘in ko‘proq tushadigan joylarda g‘alla va boshqa ekinlar yetishtiriladi, «obod» - so‘zi go‘zal, chiroyli, tartibga solingan, yangidan qurilgan qishloq ma’nosini anglatadi.
BAXT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Sharq yulduzi mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Baxt – Baxt - ma’naviy-axloqiy tushuncha. Kishi o‘z faoliyati natijalaridan, hayotda qo‘lga kiritgan yutuqlaridan to‘la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo‘ladi.
BOYMOQLI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Navbahor mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Boymoqli – Qishloq nomi etnik birlik nomi bilan bog‘liq. Yuz, qo‘ng‘irotqabilalari tarkibida baymoqli urug‘i borligi aniqlangan. Baymoq – oyog‘i yoki oyoq kafti egri, qiyshiq maymoq. Dasht kemiruvchilaridan sug‘urniqadimgi turkiy tilda baymoq deyishgan, chunki sug‘urning oyoqlari ham maymoq bo‘ladi. Bu so‘z rus tiliga ham o‘zlashgan, ruslar sug‘urning beso‘naqay yirik turinibaypak deyіshadi. Bu urug’ vakillari qozoqlar, qoraqalpoqlar tarkibida ham baypaqti nomi bilan ma’lum. Masalan, Forish tumanida aholisi asosanqozoqlardan iborat bo‘lgan Baybaqti qishlog‘i bor. Etnonim tamg‘a (totem) asosida paydo bo‘lgan degan fikr ham bor. Qishloq aholisi asosan shu etnik guruh vakillaridan iborat.
BULOQBOSHI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Buloqboshi – Qishloq buloq boshida vujudga kelgan nomi shundan.
FOZIL YOʻLDOSH – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Yangikent mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Fozil Yoʻldosh – Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-yil, Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlog‘i — 1955.17.3, Samarqand viloyati Bulung‘ur shahri) - o‘zbek xalq shoiri, baxshi. Yo‘ldosh Mulla Javohir o‘g‘lining shogirdi. Bulungur dostonchilik maktabining eng yirik va so‘nggi vakili sharafiga qo‘yilgan.
ISTIQBOL – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Yangikent mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Istiqbol – Kelgusi zamon, kelgusidagi holat, hayot; kelajak. Kelgusiga oid, kelajak bilan bog‘liq narsa, ish va shu kabi ma’nolarni anglatadi.
JUVONSIYROQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Andijon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Juvonsiyroq – Etnooykonim. S.Qorayev fikricha: «Laqay qabilasining tarkibiga kiruvchi qorasiyroq urug‘ining bir tarmog‘i juvonsiroq deb ataladi. Pocha, ya’ni oyoqning tizzadan past qismi ba’zi shevalarda siyroqdeb ataladi, qorasiyroq qora pocha degani. Juvonsiyroq - etnonimi, aynan «pochasi yo‘g‘on» degan ma’noni beradi» (S.Qorayev, 2006). Qishloq nomi urug‘ nomi asosida yaratilgan
KORIZ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Andijon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Koriz – ( Ba’zan KERIZ nomi ham ishlatiladi) Koriz (fors.) — yer osti suvlarini yig‘ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti, aholini suv bilan ta’minlash va sug‘orish maqsadlarida qo‘llaniladi. Qadimda aholi punkti joylashgan yerdan shunday inshoot bo‘lgan.
NAYMAN – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toshkesgan mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Nayman - O‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, no‘g‘oy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan turk urug‘laridan biri. Ushbu urug’ avlodlari ushbu hududda yashab kelmoqda. Qishloq aholisi asosan shu etnik guruh vakillaridan iborat.
NURAFSHON – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Nurafshon mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Nurafshon – Bu sifat tojik tilida “yog‘du”, “ziyo” ma’nosini anglatadigan arabcha nur otiga (ARS, 838) “soch” ma’nosini anglatadigan tojikcha afshondan fe’lining afshon hozirgi zamon asosini (TjRS, 35) qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, “nur sochuvchi” ma’nosini anglatadi.
OLTINSOY – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Taraqqiyot mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Oltinsoy - oltin + soy so‘zlarining yasalishdan hosil bo‘lgan. Nomning kelib chiqishi eski nomi bilan bo‘g‘liqlik jihati ham mavjud. Oltin (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, og‘ir metall. Soy - tabiiy o‘zanda doimiy va mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, vodiy, irmoq. Oltinsoy aholi yashash punkti tumandagi Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan.
SUTBULOQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Sutbuloq - sut + buloq so‘zlarining yasalishdan hosil bo‘lgan. Nomning kelib chiqishi eski nomi bilan bo‘g‘liqlik jihati ham mavjud. Sut - sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tug‘ilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oq rangdagi suyuqlik. Buloq - yer osti suvlarining yer yuzasiga tabiiy holda oqishi. Qishloq tashkil topgan vaqt xo‘jalikning katta fermasi (qora mol, ot, mayda shoxli chorva, cho‘chqa va h.k boqilgan) mavjud bo‘lib, sut sog‘ib olingan. Sutbuloq aholi yashash punkti tumandagi Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan.
TARAQQIYOT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Taraqqiyot mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Taraqqiyot - Rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi ma’nosini anglatadi.
TOSHKESGAN – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toshkesgan mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.
Toshkesgan - Tegirmon, yarg‘ichoq toshlari (konglomerat) kesilib, taroshlanib tayyorlanadigan joy - Toshkeskan. Mutaxassislar tomonidan soy havzasida tegirmonbob toshlarning ko‘pligi aniqlangan. Mahalliy kishilarning aytishicha, o‘tgan asrning boshlarida bu joydan qalinligi yarim metrli, kattaligi bir yarim metrgacha bo‘lgan tegirmon toshlari ajratib olingan. Qishloq odamlari esa tog‘taroshlik (sangtaroshlik) bilan shug‘ullangan. Ular tegirmon toshi, charx toshlari tayyorlash bilan mashg‘ul bo’lganlar nomning kelib chiqishi shundan.
TOZAURUG‘ - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Toza urug‘ mahallasida joylashgan aholi punkti. Jizzax viloyatidagi geografik obyektlarning inventarizatsiya maʼlumotlari, 2013-yil.