André Pol Guillaume Gide (1869-yil 22-noyabr – 1951-yil 19-fevral) — fransuz yozuvchisi. U asarlarida turli uslublardan foydalangan, hamda takrorlanmas mavzularni qamrab olgan. U 1947-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Gidening faoliyati ramziy harakatdan boshlanib, ikki jahon urushi orasidagi imperializmni tanqid qilishgacha boʻlgan. Ellikdan ortiq kitoblar muallifi The New York Timesda „Fransiyaning eng buyuk zamondoshi“ deb taʼriflangan va „adabiy bilimdonlar tomonidan oʻsha asrning eng buyuk fransuz yozuvchisi“ deb baholangan.
Hayoti Gide 1869-yil 22-noyabrda Parijda oʻrta hol protestant oilada tugʻilgan. Uning otasi Jan Pol Guillaume Gide Parij universitetida huquq fanlari professori boʻlib ishlagan, ammo 1880-yilda, yosh Gide oʻn bir yoshga toʻlganida u vafot etadi. Uning onasi Juliette Maria Rondeaux va amakisi siyosiy iqtisodchi Charles Gidelar edi. Ularning asli ota-bobolari Italiyalik boʻlishadi, ammo uning ajdodlari Gidos XVI asrda protestantizmni qabul qilgandan soʻng Fransiya va boshqa Gʻarbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlariga koʻchib oʻtishgan va Katolik Italiyada taʼqiblarga duch kelishganWallace Fowlie, André Gide: His Life and Art, Macmillan (1965), p. 11Pierre de Boisdeffre, Vie d’André Gide, 1869–1951: André Gide avant la fondation de la Nouvelle revue française (1869–1909), Hachette (1970), p. 29Jean Delay, La jeunesse d’André Gide, Gallimard (1956), p. 55.
1918-yilda Gide Dorothy Bussy bilan tanishadi va doʻstlashishadi. Ular 30 yildan ortiq doʻst boʻladilar va Dorothy Bussy uning koʻplab asarlarini ingliz tiliga tarjima qiladi.
Gide tanqidchi Charles Du Bos bilan ham yaqin doʻst boʻlgan. Ular birga Franko-Belge Foyerning a'zosi boʻlishgan, hamda ular 1914-yilda Germaniyaning Belgiyaga bostirib kirishi ortidan Parijga kelgan franko-belgiyalik qochqinlar uchun ish, oziq-ovqat va uy-joy topish uchun birga mehnat qilganlar. Keyinchalik Du Bos Gideni oʻz eʼtiqodidan vos kechdi deb oʻylaydi va oralariga sovuqchilik tushadi. Natijada, shu sababli ularning doʻstligi nihoyasiga yetadi.
Siyosiy qarashlari va Sovet Ittifoqi Gide oʻz qoʻlyozmasini nashrga tayyorlashni boshlaganida, bu haqda darhol Kremlga xabar beriladi va tez orada sovet yozuvchisi Ilya Erenburg Gide bilan uchrashishadi. Ayrim sabablarga koʻra ular nashrni keyinga qoldirishni soʻraydilar, ikki kundan soʻng Louis Aragon Jef Lastdan nashrni keyinga qoldirishni soʻrab xat ham yuboradi. Bu choralar yordam bermaydi va kitob nashr etilishi bilan Gide sovet matbuoti va „SSSR doʻstlari“ tomonidan qoralanadi. 1937-yilda bunga javoban Gide SSSR haqida keyingi fikrlarini nashr etadi. Avvalroq Gide Trotskyning "The Revolution Betrayed" asarini oʻqiydi va Victor Serge bilan uchrashganida Gidega Sovet Ittifoqi haqida koʻproq maʼlumot berganAlan Sheridan. André Gide: A Life in the Present (1999).
1930-1940-yillar 1930-yilda Gide Blanche Monnier ishi haqida "La Séquestrée de Poitiers" nomli kitobini nashr etdi, lekin qahramonlarning ismlarini oʻzgartiradi. Monnier 25 yildan koʻproq vaqt davomida oʻz onasi tomonidan asirlikda boʻlgan yosh ayol boʻlganPujolas, Marie. En tournage, un documentaire sur l’incroyable affaire de „La séquestrée de Poitiers“. France TV info. Feb 27, 2015 Levy, Audrey. Destins de femmes: Ces Poitevines plus ou moins célèbres auront marqué l’Histoire. Le Point. Apr 21, 2015. .
1939-yilda Gide nufuzli Bibliothèque de la Pléiade jurnalida nashr etilgan hali vafot etmagan ilk muallifga aylandi.
U 1942-yilda Fransiyadan Afrikaga boradi va 1942-yil dekabridan 1943-yil may oyida fransuz, ingliz va amerikalik kuchlar tomonidan qaytarib olinmaguncha Tunisda yashaydi va u Jazoirga borishga muvaffaq boʻladi. U yerda esa Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha qoladi. 1947-yilda Gide „inson muammolari va sharoitlarini haqiqiy va oʻtkir psixologik tushuncha bilan taqdim etilgan keng qamrovli va badiiy jihatdan ahamiyatli asarlari uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. U hayotining soʻnggi yillarining koʻp qismini oʻz jurnalini nashr etishga bagʻishladi. Gide 1951-yil 19-fevralda Parijda vafot etadi. Afsuski, Rim-katolik cherkovi uning asarlarini 1952-yilda Taqiqlangan kitoblar indeksiga joylashtirganAndré Gide Biography (1869–1951). eninimports.com.
Manbalar
Havolalar
Catherine Gide Jamgʻarmasining veb-sayti uning qizi Catherine Gide tomonidan boshqariladi Gidian tadqiqotlari markazi André Gide ishlari André Gidening asarlari André Gidening asarlari va u haqidagi asarlar Ishlar roʻyxati André Gidening asarlari Andre Gide Goodreads da Amis d’Andre Gide fransuz tilida Andre Gide, 1947-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Andre Gide: Qisqacha kirish Jersidagi Madriyadagi Gide XX asr Newspaper clippings about André Gide Turkum:Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:1951-yilda vafot etganlar Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:Fransuz yozuvchilari