Devonkoʻl kollektori - Xorazm viloyatidagi yirik kollektor. Uning 1-navbati 1953-yilda (uzunligi 38,6 km, suv sarfi 5,3 m3/s), 2-navbati 1957-yilda (uzunligi 39,7 km, suv sarfi 7,0 m3/s) qurilgan. 1967—74-yillarda rekonstruksiya qilinganidan keyin uzunligi 39,7 km, suv sarfi 13,2—23,0 m3/s ni tashkil etdi. Kollektor Xorazm viloyati Gurlan tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shoʻr va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Devonkoʻl kollektori suvlari Daryoliq kollektoriga quyiladi.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Xorazm viloyati suv havzalari Turkum:Oʻzbekiston suv kanallari Turkum:Oʻzbekiston gidrotexnik inshootlari Turkum:Gurlan tumani