Damashq poʻlati — yuqori sifatli guldor quyma poʻlat. Oʻrta asrlarda asosan qilich yasashda ishlatilgan. Yoruqqa solib qaralganda "xol tashlab" tovlanib turadi. Suriyadagi Damashq shahri nomidan kelib chiqqan, chunki shu yerda bunday poʻlat ishlab chiqarish rivojlangan edi. Yana qarang Poʻlat Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil