thumb Robert Hutchings Goddard (; 1882-yil 5-oktyabr, Worcester — 1945-yil 10-avgust, Baltimore) — amerikalik muhandis, professor, fizik va ixtirochi, raketa texnikasini yaratuvchilaridan biri. Worcester politexnika institutini tugatgan (1908). Clark universitetida (1914—1943) aviatsion tadqiqot byurosida direktor boʻlib (1942—1945) ishlagan. Dunyoda birinchi boʻlib suyuqlikli raketa dvigatelini uchirgan. Goddard bir qator eksperimental suyuqlikli raketa va dvigatellarni ishlab chiqqan hamda sinagan. Oyning teskari tomonidagi kraterlardan biri Goddard nomi bilan ataladi.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:1882-yilda tugʻilganlar Turkum:1945-yilda vafot etganlar