Gerkulanum (Herculaneum) - Italiyadagi Qad. Rim imperiyasi shahri (hozirgi Neapol sh. yaqinida). Mil. 79-yil 24 avgustda Vezuviy vulkanining otilishi natijasida kulga koʻmilib, qisman buzilgan. Ajoyib haykaltaroshlik, rassomlik asarlari, roʻzgʻor buyumlari, shuningdek turar joylar, hammom, teatr, maydon va b. qazib topilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alfavit boʻyicha butun jahon yodgorliklari