Vilyuy () — Sharqiy Sibirning gʻarbidagi daryo, Lenaning chap irmogʻi. Oʻrta Sibir yassitogʻligidan boshlanib Yakutsk shimoldan 300 km oʻtgach, Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi - 2650 km, havzasining maydoni - 454 ming km. Yuqori va quyi oqimlari keng vodiydan osoyishta oqadi. Vilyuy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1480 m3/sek. Oktyabrning oʻrtalaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Vilyuyda quyilish yeridan 1371 km masofada kema qatnaydi. Chernishevskiy posyolkasida GES va suv ombori qurilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Rossiyadagi daryolar