Vandalizm ( — qadimgi sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni oʻylamay-netmay shafqatsizlarcha yoʻq qilib tashlash. Vandalizm tushunchasi 455-yilda german qabilalari Rimni talon-toroj qilib, koʻplab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik maʼnolarida ham keng qoʻllanila boshlagan. thumb|266x266px|Daraxtga inson tomonidan qasddan shikast yetkazilishi (Vandalizm)
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Vandalizm Turkum:Jinoyatlar Turkum:Mulkka qarshi jinoyatlar