Vakuum-filtr — tarkibida muallaq qattiq zarralari bor suyuqliklar (suspenziyalar)ni tozalaydigan apparat. Filtrlovchi material paxta, jun, asbest yoki shisha gazlamadan tayyorlanadi. Tozalash jarayoni vakuum nasosi hosil qiladigan filtrlovchi qavat usti va ostidagi bosimlar farqi hisobiga sodir boʻladi. Davriy va uzluksiz ishlaydigan, diskli, lentali, tarelkasimon, karusel va b. xillari bor. V.-f. kimyo sanoati, tibbiyot va boshqalar tarmoqlarda keng ishlatiladi. thumb|Vakuum-filtr kimyo sanoatida Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Vakuum-filtr · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.