Vakayama — Yaponiyadagi shahar va port, Xonsyu o.ning jan.-gʻarbida. Vakayama prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 396 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Kime, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat (baliq konservalash va boshqalar) sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik va tikuvchilik korxonalari bor. Lokli buyumlar ishlab chiqariladi. Bogʻdorchilik rayoni markazi. Vakayama agrofida mandarin yetishtiriladi. Qad. qasr saqlangan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar Wakayama City official website Wakayama City official website Wakayama City Tourist Association Waiker’s Guide Map to Wakayama
Turkum:Yaponiya shaharlari