Aspak (fors, asp – ot va ak – cha qoʻshimchasi) – mis idish (choydish, oftoba, qumgʻon, koʻza, togʻora kabi)larning qopqogʻini va dastasini idish tanasiga biriktiradigan qismi. Idish tanasiga maxsus mis mixlar bilan qadaladi. Aspakni rixtagar ustalar birinjdan quyib yasaydilar. Manbalar