Arguslar — qirgʻovullarning ikkita, bir-biriga yaqin monotipik urugʻlari (Argustanus va Rheinartia). Ikkinchi darajali oqish patlarida juda koʻp koʻzsimon dogʻlari boʻladi. Katta Arguslar (A. argus) Myanma, Malakka, Sumatra va Kalimantan oʻrmonlarida tarqalgan, xoʻrozining uzunligi 1,7 — 2 metr (shundan 1,2 m dumidagi oʻrta boshqaruv patiga toʻgʻri keladi). Kokildor A. Laos, Vetnam va Malakkaning togʻ oʻrmonlarida tarqalgan. Yashirin hayot kechiradi (qarang Qirgʻovulsimonlar). Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotining Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil