Argentinlar — xalq, Argentinaning asosiy aholisi. Umumiy soni 28,3 mln. kishi (1992), shundan 26,64 millioni Argentinada. Argentinlar ispan tilining argentin lahjasida soʻzlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari asosan — katolik. Argentinlar millati XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropa (asosan Ispaniya, Italiya)dan koʻchib kelganlarning mahalliy xalq (indeys)lar bilan qoʻshilishi natijasida paydo boʻlgan. Argentinlarning shakllanishi asosan XX asr boshlarida tugallandi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil