Alban tili () — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tilida 3 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi, 2 katta dialektga boʻlinadi: shimoliy (geg), janubiy (tosk). XIX asr oxirida hozirgi adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bolgar va rumin tillari oʻrtasida umumiy oʻxshashlik mavjud. Alban tilida lotin, yunon, janubiy slavyan, turk va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Alban tili yozuvi lotin grafikasi asosidadir"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar