"Abumuslimnoma" −10-11-asrlarga oid jangnoma. Fors tilida yozilgan, keyinchalik arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuroson va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Muallifi Abu Tohir Tarsusiydir. „Abumuslimnoma“ qadimiy qissa uslubida yozilgan boʻlib, unda afsonaviy timsollar, 10-asrda taraqqiy topgan sharqona er yigitlik (futuvvat, bagʻri kenglik) xususiyatlari va talablari oʻz aksini topgan. Asar Eron, Turkiya, ayniqsa, Turkistonda katta shuhrat qozongan. Turkistonda uning ayrim qismlari asosida mustaqil yirik asarlar („Zamchinoma“ va boshqalar) yaratilgan. „Abumuslimnomaning“ oʻzbek tilida nashr etilgan nusxalari (mas, „Abu Muslim jangnomasi“, 1992-yil) va boshqa ham bor. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Abumuslimnoma · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.