Buxoriy Mirzo Shams (1804?) - buxoro amirligi davrida yashagan tarixnavis olim; saroy munshiylari avlodidan.
B. oʻz ajdodlari izidan borib, Buxoro amiri saroyida munshiylik qilgan. 1845-yil u Makkaga hajga ketib, u yerdan 1849-yil qaytib kelgan, 1859-yil esa Orenburgga tijorat ishlari bilan borganda sharqshunos V. V. Grigorev unga Buxoro va Qashqar xususida tarixiy asar yozishni maslahat bergan. Shunga koʻra B. "Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar" ("Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning ayrim voqeahodisalari bayoni") kitobini bitgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Grigorʼyev V. V. O nekotorykh sobytiyakh v Bukhare, Kokande i Kashgare. Zapiski Mirza Shamsa Bukhari, Kazanʼ, 1861.
Turkum:1804-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Buxoro amirligida tugʻilganlar Turkum:1868-yilda vafot etganlar Turkum:Buxoroda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Alifbo boʻyicha tarixchilar Turkum:Buxoro amirligi tarixchilari Turkum:Buxoro amirligi olimlari Turkum:Oʻzbek xonliklarining madaniyat va sanʼat namoyandalari