Ser David Brewster () (1781-yil, 12-noyabr, Jedboro, Angliya — 1868-yil, 2-oktyabr, Allerbi, Melroz) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1815). Yorugʻlikning doiraviy qutblanishi hodisasini ochgan (1815) va oʻz nomi bilan ataladigan qonun (Brewster qonuni) ni topgan. Kristallardagi xromatik qutblanishni bayon qilgan (18131814). Mayoqlar uchun linza yasagan, kaleydoskopni kashf qilgan (1817), stereoskopii takomillashtirgan. Isaac Newtonning mukammal tarjimai holi haqidagi asar muallifi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Turkum:1781-yilda tugʻilganlar Turkum:1868-yilda vafot etganlar Turkum:Fiziklar