Bolquray () — soyaziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, ildizi turpga oʻxshab yoʻgʻonlashgan boʻladi. Qizilqumdagi qumloq yerlarda oʻsadi. Poyasi va ildizi sutli. Sutida efir moyi, smola va kamed (yelim) bor. Balgʻam koʻchiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi (qarang Sassiqquray).

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar