Berg Alban (1885.9.11-Vena – 1935.24.12) – avstriya kompozitori, musiqadagi ekspressionizmning eng yirik vakillaridan. 1915—1918 yillar harbiy xizmatda boʻlib, birinchi jahon urushi taʼsirida unga katta shuhrat keltirgan „Votssek“ operasini yaratgan. Asarlarida birinchi boʻlib XX asrda ommaviy tus olgan dodekafoniya kompozitorlik texnikasi va anʼanaviy tonallik uslubini uzviy bogʻlashga muyassar boʻlgan, uzluksiz yangrovchi kuylar va ularga monand eng zamonaviy garmoniya birlashmalarini muayyan janr hamda shakllar zaminiga moslagan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Tarakanov M., Muzikalniy teatr Albana Berga, M., 1976.

Turkum:Kompozitorlar