Baliq uni – baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy boʻlib, qishloq xoʻjaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 – 55% oqsil, 10 – 20% yogʻ, 30% gacha kalsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, V, D vitaminlari bor. Baliq uni organizmda juda yengil hazm boʻladi. Shuning uchun birinchi navbatda yosh hayvonlarga, joʻjalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, baʼzan katta yoshdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1 – 1,5 kg baliq uni berilsa, sut va goʻsht sifati buzilmay, mahsuldorligi oshadi. Baliq uni O‘zbekistonda Mo‘ynoq baliq konserva zavodida tayyorlangan. Hozir Oʻzbekistonning bir nechta hududida baliq uni tayyorlanadi. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Baliqli taomlar