Dijon — Fransiya shim.dagi shahar. Kot-d’Or departamentining maʼmuriy markazi. Oʻrta asrlarda Burgundiya tarixiy viloyatining bosh shahri va iqtisodiy markazi boʻlgan. Aholisi 153,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan 200 ming kishi). Transport yoʻllari tuguni. Burgundiya kanali sohilidagi port. Mashinasozlik, kimyo, poyabzal, oziqovqat sanoati korxo-nalari bor. D.da mashhur Burgundiya vinosi tayyorlanadi. Aholi gulchilik bilan ham shugʻullanadi. Un-t (1722), badiiy muzeylar bor. X—XVIII asrlarga oid koʻplab meʼmoriy yodgorliklar: Sen-Benin sobori, Sen-Filiber roman cherkovi, Notrdam gotika cherkovi, Burgundiya gersoglari saroyi va b. saqlangan. Shahar sifatida 1183 y.dan maʼ-lum.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Dijon Fransiyaning Burgundiya mintaqasida joylashgan kommuna. Côte-d'Or departamenti Dijon tumani tarkibiga kiradi.
Aholisi 149.867 nafar aholi istiqomat qiladi (2006). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 3709,6 nafar kishi.
Geografiyasi Maydoni — 40,4 km2.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Côte-d'Or shaharlari