Sarvak — Tojikiston shimolidagi Asht tumani Oriyon jamoatining eng seraholi oʻzbeklar yashaydigan punkt. Bu Togʻli Sarvakning pastdagi eng yirik boʻlinib tushgan qishlogʻidir.. Geografik jihatdan Asht tumanining janubi-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Sirdaryo sohillariga yaqindir. Bu yerlar atrofi kenglikdan iborat boʻlib, Fargʻona vodiysining eng soʻlim joylari qatoridan joy olgan. Bu oʻlkada oʻzining shimoldagi qismida Togʻli Sarvakka qaraganda qish faslida u qadar qor yogʻmaydi va subtropik mevalar juda ham tez quyosh nuriga toʻyib pishadi.
Iqlim Iqlimi jihatidan issiq va tekislikda joylashgan. Qishloqda yoz oylarida havo harorati +30 dan +45 darajagacha issiq boʻladi, qish oylarida esa −0 dan −20 gacha sovuqlik hukmronlik qiladi. Kuzgi va bahorgi paytlarda esa iqlim deyarli bir xil +0 dan tortib to +12 darajagacha ob-havo almashinish hodisasi roʻy beradi.
Aholi Irqiy jihatidan — mongoloid irqiga mansub, ushbu aholining aksariyatini oʻzbeklar tashkil etadi.
Xoʻjaligi 300px|thumb|left|Qishloq atrofidagi yerlarning qishki mavsumda koʻrinishi Atroflari keng daladan iborat bu maskanning asosiy tomorqalari, yerning ichidan singib chiqadigan suvlar bilan oziqlanadi. Bu oʻlkalarda anor, behi, tezpishar oʻrik, bugʻdoy, makkajoʻxori, shaftoli, piyoz, kartoshka, uzum, olma, gilos, olcha, anjir, nok, qovun, handalak, tarvuz va boshqa poliz ekinlari yetishtiriladi.
Tarix Qishloqning asl kelib chiqishi, 60-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Togʻli Sarvak aholisining (yaʼni Tojikistonga) pastki hududga koʻchishga, qoʻshni mamlakatning esa butun oʻziga tegishli atrofni qamal qilinishidan boshlandi.. Aslida oldinlari Sobiq Ittifoq davridan bu holatlarning boshlanishi Yu. Andropov davrida Markaziy Osiyoga millat ideologiyalarining paydo boʻlishi, odamlarda qayta qurish, kapitalistikani qoʻllash fikrlari va oxiri parokandalikka olib kelgan bu hokimiyat, qishloqni oʻzbek qardoshlarini oʻz hududlarida bu yerdan siqib chiqarish rejasini oʻylab chiqishga majbur qildi. 1959-yili Togʻli Sarvak aholisi pastlarda oʻz xususiy mulk yerlarini egallashi boshlandi va u yerlarga sekin-sekin odamlar togʻlardan tushib kela boshlashdi. Oʻsha zamonlarda odamlar Sobiq Ittifoq tez orada parokanda, demografiya jihatidan yarmi aholi Oʻzbekiston hududida yashaydigan kimningdir akasi, singlisi yoki qarindoshini yana 30-yildan keyin bu yaqin insonlarini chegara ortida turib koʻrishni hech kim xayoliga ham keltirmagan edi.
Qishloqdagi yashagan insonlar haqida
Manbalar
Havolalar Landkarte mit Sarwan Enclaves of the World: Sarvan Enclaves of the World: Datentabelle Ferghana Valley enclaves become zones of risk , Bericht von Alexei Wolosewitsch auf enews.ferghana.ru The Borders Of Eternal Friendship? The politics and pain of nationalism and identity along the Uzbekistan-Kyrgyzstan Ferghana Valley boundary, 1999-2000 (PDF-Datei; 5,38 MB)
Turkum:Oʻzbekiston anklavlari Turkum:Eksklavlar Turkum:Asht tumani aholi punktlari