Shoʻrtandi tumani — Akmola viloyatining markaziy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topgan. Maydoni 4,7 ming km². Aholisi 29,260 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 6,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Shoʻrtandi qishlogʻi. Tuman hududi orqali respublika ahamiyatiga ega Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻli oʻtadi.
Aholisi Aholisi 29,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 6,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil) ruslar — 10 716 kishi (35,65 %) qozoqlar — 10 406 kishi (34,62 %) ukrainlar — 2 356 kishi (7,84 %) olmonlar — 1 962 kishi (6,53 %) polyaklar — 1 679 kishi (5,59 %) beloruslar — 1 223 kishi (4,07 %) tatarlar — 531 kishi (1,77 %) ingushlar — 151 kishi (0,50 %) moldavanlar — 134 kishi (0,45 %) armanlar — 100 kishi (0,34 %) boshqalari — 804 kishi (2,67 %) Umumiy — 30 062 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati—23 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 29 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 — 350. mmQozoq ensiklopediyasi.
Ijtimoiy soha Tumanda 3 ta bolabogʻcha, 4 ta boshlangʻich, 11 ta asosiy, 16 ta oʻrta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 31 ta kutubxona, tuman markaziy kasalxonasi, 6 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 24 ta feldsher-akusherlik punkt bor. Shoʻrtandi qishlogʻida madaniyat va hordiq hiyobonlari bor.
Katta qishloqlari Shoʻrtandi qishlogʻi Joʻlimbet qishlogʻi Damsa qishlogʻi Yelizavetinka qishlogʻi Novokubanka qishlogʻi Stepnoe qishlogʻi
Manbalar
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti
Turkum:Qozogʻiston tumanlari