Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov — 1947-yil 25-iyunda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor.
Biografiyasi 1947-yil 25-iyunda Toshkentshahrida tavallud topgan. 1964-yilda oʻrta maktabni «a’lo» baholarga tugatdi. 1969-yilda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „iqtisodiy informatika“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, mazkur institutning «Iqtisodiy kibernetika» kafedrasida tadqiqotchi-shogird lavozimiga ishga qoldirildi. 1970—1973 yillarda G. V. Plexanov nomidagi Moskva Xalq xoʻjalik institutining kunduzgi boʻlim aspiranti boʻlib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1973—1980 yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „Iqtisodiy kibernetika“ kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. V.M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti doktoranti lavozimlarida ishlagan. 1981-1998-yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining professori, dekani, prorektori, rektori 1998-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri; 2004-2006 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori; 2006-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlari yoʻnalishi vitse prezidenti; lavozimlarida ishlagan. 2006-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi jamoatchilik asosida raisi, 2010-yildan hozirgi vaqtga qadar esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori (0,5 stavka) boʻlib ishlab kelmoqda. 2012-yildan shu kunga qadar Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazining „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari