Usmonov Mirabror Zufarovich (4-iyul 1947-yil− 15-mart 2019-yil) -Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (2005-2019), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017) hamda Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti (2015-2018-yillarda).
Tarjimai holi 1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1978-yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. thumb|Islom Karimov va Mirabror Usmonov Braziliyaga tashrif davomida 1961-yildan 1967-yilgacha — Toshkent shahridagi „Bahor“ restoranida oltinchi razryadli oshpaz. 1970-yilda — Toshkent shahridagi „Guliston“ restoranining ishlab chiqarish boʻyicha mudiri. 1970-yildan 1986-yilgacha — „Doʻstlik“ va „Zarafshon“ restoranlari direktori, Toshkent shahri restoranlar tresti direktori. 1986-yildan 1990-yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshligʻi. 1990-yildan 1992-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi savdo vaziri. 1992-yildan 1994-yilgacha — Oʻzbeksavdo kompaniyasi raisi. 1994-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari. 2005-yildan 2019-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator. 2006-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentiMirabror Usmanov vozglavil Federatsiyu futbola UzbekistanaSenator Mirabror Usmanov budet rukovodit uzbekskim futbolom eщe chetire goda. 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti 2015-yildan 2018-yilgacha — Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti. 2019-yil 15-martda nafas organlari kasalligi tufayli vafot etganShavkat Mirziyoev Mirabror Usmonov oilasiga taʼziya bildirdi.
Mukofotlari 1995-yilda Mehnat shuhrati ordeni. 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maqtov yorligʻi. 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni. 2012-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlanganMirabror Usmanov nagrajden ordenom „El-yurt xurmati“.. 2016-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvonihttps://lex.uz/docs/3131883. 2017-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.
Oilasi Oʻgʻli — Jahongir Usmonov, „Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro jamoatchilik xayriya fondi“ Vasiylar kengashi raisihttps://championat.uz/oz/news/jahongir-usmonov-ezgu-maqsad-xalqaro-xayriya-fondiga-boshqaruv-raisi-etib-tayinlandihttps://hordiq.uz/2022/04/14/jurnalist-anora-sodiqovaga-hayoti-bilan-tahdid-qilingan/?lang=lat.
Manbalar
Turkum:4-iyulda tugʻilganlar Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:15-martda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Toshkentlik siyosatchilar Turkum:Toshkent sport kishilari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari Turkum:Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari Turkum:El-yurt hurmati ordeni sohiblari Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar