Tayinsha — (qoz. Тайынша, تايىنشا) Qozogʻistondagi shahar (1962-yildan buyon). Shimoliy Qozogʻiston viloyati Tayinsha tumanining maʼmuriy markazi (1932-yildan buyon), temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi sanlmish — Petropavlovsk shahridan janubga tomon 120 km masofada, Shagʻalali daryosining soʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 11,647 kishi (2013). Tayinsha orqali Koʻkchatov — Petropavlovsk temir yoʻli oʻtadi.

Tarixi 1997-yilgacha Krasnoarmeysk shahri deb nomlandi va avvalgi Koʻkchatov viloyatining Krasnoarmeysk tumanining markazi boʻldiУказ Президента Республики Казахстан от 2 мая 1997 года № 3482 «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Кокшетауской области»..

Sanoati 1996-yilgacha Tayinshada sozlash-mexanik, sut-non zavodlari, qurulish materiallari kombinati, jihoz fabrikasi, v.h. faoliyat yuritgan. Narx iqtisodiga oʻtishiga binoan ularning barchasi xususiylashtirilib, AJ-lar va MChB-larga biriktirildi. Shaharda 2006-yil bioetanol ishlab chiqaruvchi kompleks „Bioxim“ tashkil etilgan.

Ijtimoiy soha Tayinshada umumiy bilam beruvchi 5 maktab, kasibiy-texnik litsey, kinoteatr, madaniyat uyi, tuman kasalxonasi, tuberkulez kasalxonasi, oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, v.h. faoliyat yuritmoqda.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Tayinsha tumani aholi punktlari