Lotin kubogi — futbol boʻyicha eng birinchi musobaqalardan biri. 1949-yilda Fransiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliya futbol federatsiyalari tomonidan tashkil qilingan. Kubokda mamlakat chempionlari qatnashgan. Musobaqa esa mavsum soʻnggida navbat bilan yuqorida sanab oʻtilgan davlatlardan birida oʻtkazilgan. Soʻnggi Lotin kubogi 1957-yilda oʻtkazilgan (musobaqa Chempionlar kubogi turniri boshlangandan soʻng tugatilgan). Kubokning soʻnggi sohibi boʻlish Real Madrid jamoasiga nasib qilgan.
Gʻoliblar 1949 Barselona — Ispaniya 1950 Benfika — Portugaliya 1951 Milan — Italiya 1952 Barselona — Ispaniya 1953 Reyms — Fransiya 1955 Real Madrid — Ispaniya 1956 Milan — Italiya 1957 Real Madrid — Ispaniya
Havolalar RSSSF saytida Lotin kubogi sahifasi
Turkum:Lotin kubogi