Qodirjon Botirov — (1956-yil 9-mart) Qirgʻizistonlik oʻzbek tadbirkor va siyosatchi. Qirgʻizistonda faoliyat koʻrsatgan Oʻzbek milliy-madaniy markazi raisi boʻlgan. Oʻz hisobidan Jalolobod shahridagi Xalqlar Doʻstligi Universitetini ochgan. 2010-yil Qirgʻiziston janubida boʻlib oʻtgan milliy nizolardan keyin mamlakatdan chiqib ketgan. Hozir Shvetsiyada siyosiy quvgʻinLider uzbekskoy obщini v Kirgizii poluchil ubejiщe v Shvesii, lenta.ru. Umrbayoni Qodirjon Botirov 1956-yilda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. U Andijon Xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. Qodirjon Botirov oʻzining tadbirkorlik faoliyatini 1980-yillarning ikkinchi yarmida oʻz kooperativini ochib boshlagan. Uning faoliyati mahalliy oʻzbeklar jamoasi orasida koʻzga koʻringan, 1992 - yildan Jalolobod viloyat Oʻzbek Milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari etib saylangan. Milliy madaniy markazda Qodirjon Botirov oʻz faoliyatini asosan qirgʻizistonlik oʻzbek maktablari uchun darsliklar tayyorlash va kadrlarni yetishtirib chiqarish maqsadida taʼlim sohasiga qaratgan. U Jalolobod shahridagi Olimjon Botirov nomidagi Xalqlar Doʻstligi universitetining asoschilaridan boʻlganQirgʻizistondagi taniqli oʻzbek rahbarlaridan boʻlgan Qodirjon Botirovga savol bering - BBC radiosi. Manbalar
Havolalar „Qodirjon Botirov: Bizni qoʻrquv tufayli taʻqib qilishmoqda“, Ozodlik Radiosi
Turkum:Qirgʻizistonlik oʻzbeklar Turkum:Jalolobodda tugʻilganlar Turkum:Jogorku Kengeshining deputatlari