Azizbek Saidrahimovich Haydarov (1985-yilning 8-iyulida tugʻilgan) – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati Futbolchi faoliyatida birinchi klub jamoasi — Lokomotiv Toshkent. Ushbu jamoada Azizbek Haydarov 2005-2007-yillarda oʻynab kelgan.

Klub Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boshlagan. 2007—2011-yillar va 2018-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilning 26-iyulida BAAning Al-Shabab klubi bilan shartnoma imzoladi va 2017-yilgi mavsumgacha BAA jamoasida oʻynagan. 2017—2018-yillarda BAAning boshqa bir jamoasi „Ajman“ klubida toʻp surgan.

2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yarim mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan va uning sardori boʻlgan.

U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U Osiyo Kubogining uchta final turnirida qatnashgan – 2007-yilda (uchta oʻyinda ishtirok etgan), 2011-yilda (oʻz jamoasining barcha oltita oʻyinida maydonga tushib, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yilda (toʻrtta oʻyinda ham ishtirok etgan).

Haydarov 2007-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta oʻyinda maydonga tushdi (2015-yil 31-mart holatiga koʻra), shu jumladan, 2010-yyilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta oʻyinda.

U 2007-yilda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Haydarov Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2011-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi oʻyinda gol urgan. Gol baʼzan Maksim Shatskix hisobiga yoziladi, uning jarima zarbasini Haydarov 2:1 hisobida gʻalaba qozonish uchun Quvayt darvozasiga yoʻlladi.

Futboldan keyingi faoliyati 2019-yildan 2021-yilgacha OʻFA terma jamoalar markazi boshligʻi sifatida faoliyat olib bordi. 2022-yilgi mavsumda „Bunyodkor“ klubi akademiyasi bosh direktori sifatida tayinlandi.

Terma jamoa uchun gollar

Xalqaro gollar

Olingan ballar va natijalar birinchi navbatda Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa117-noyabr 2015Grand Hamad Stadium, Doha, Qatar1-03-12018 FIFA World Cup qualification

Yutuqlar

Oʻzbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2010 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007 Oʻzbekiston kubogi sohibi : 2008, 2010 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007, 2009

Manbalar

Havolalar

Turkum:8-iyulda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Al Shabab Al Arabi Club (Dubay) futbolchilari Turkum:Ajman futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari