Aleksandr Lukashenko (Alyaksandar Lukashenka, Alyaksandr Lukash, Aleksandr Lukashenko, Alyaksandar Rigʻoravich Lukashenka, IPA: [alʲaʼksandr rɨ'ɣorəvʲɪtʃ ɫukaʼʂɛnkə]; 30-avgust, 1954, Kopis) — Belarus prezidenti. Mogilyov pedagogika instituti (1975) va Belorus qishloq xoʻjaligi akademiyasini, ekonomika fakultetini (1985) tugatgan. 1977—78 yillarda tuman ijroiya qoʻmitasida ishlagan. 1982-yildan agrosanoat majmuida turli lavozimlarda. 1982-yilda kolxoz raisi oʻrinbosari lavozimiga saylanadi, 1985-yildan 1987 gacha Shklovskiy tumani Lenin nomidagi kolxoz partiya qoʻmitasida kotib boʻlib ishlagan. 1990-yildan Belorus Respublikasi Oliy Kengashi aʼzosi; 1993—94 yillarda Oliy Kengashning korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi raisi. 1994-yil iyuldan Belorus Respublikasi prezidenti. 1994-yil 21—23 dekabrda rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayt

Turkum:Kishilar Turkum:Siyosat Turkum:Davlat boshliqlari Turkum:Ateistlar Turkum:Yashayotgan insonlar